311
yuritiladi. Ushbu kod bir-biriga ishonchi
mavjud foydalanuvchilarga
berilgan ma’lumotining haqiqiyligi va to‘laligini kafolatini qo‘shimcha
vositalarsiz ta’minlash imkoniyatini tug‘diradi [16].
Kalitsiz xesh funksiyalar xatolarni topish kodi (modification
detection code(MDC) yoki manipulation detection code, massage
integrrity code(MIC) deb ataladi. Ushbu kod qo‘shimcha
vositalar
(masalan: himoyalangan aloqa tarmog‘i, shifrlash yoki ERI algoritmlari)
yordamida berilgan ma’lumot to‘laligini kafolatlaydi. Bu turdagi xesh
funksiyalardan bir-biriga ishonch bildiruvchi va ishonchi bo‘lmagan
tomonlar foydalanishlari mumkin.
Odatda
kalitsiz
xesh
funksiyalardan
quyidagi
xossalarni
qanoatlantirishi talab qilinadi: 1)
bir tomonlilik; 2) kolliziyaga
bardoshlilik; 3) xesh qiymatlari teng bo‘lgan ikkita ma’lumotni topishga
bardoshlilik.
Birinchi
shart bajarilganda, berilgan xesh qiymatga ega bo‘lgan
ma’lumotni topishning murakkab
ekanligini, ikkinchi shart bajarilganda
bir xil xesh qiymatga ega bo‘lgan ma’lumotlar juftini topishning
murakkab ekanligini, uchinchi shart xesh qiymati ma’lum bo‘lgan
berilgan ma’lumot uchun xesh qiymati shunga teng bo‘lgan ikkinchi
ma’lumotni topishning murakkab ekanligini bildiradi.