• SMART
  • IoT (Internet of things)
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet179/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Aqlli tarmoq – (inglizcha: smart network) maʻlumotlarni 
    uzatishdan tashqari murakkab axborot xizmatlarining rang-barang 
    turlarini taqdim qiluvchi kommunikasiya tarmogʻi. 
    «SMART texnologiya» (aqlli texnologiya) va «Buyumlar interneti» 
    kabi atamalarning paydo boʻlishi esa Internetdan foydalanishni endi 
    nafaqat insonlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam 
    qoʻyilmoqda. “SMART” (aql-idrokli, texnologik mukammal) ayni 
    paytda texnologiya olamida keng qoʻllanilayotgan ibora (qisqartma soʻz) 
    boʻlib, uni dastlab 1965 yilda Paul J Meyer, soʻngra 1981 yili George 
    T. Doran oʻz ilmiy ishlarida qoʻllaganlar.[Vikipediya] 
    Dastlab “Smart – tuzilish” konsepsiyasi yangi materialga oʻtish, 
    materiallarning yangi xususiyatlaridan foydalanish, elektronika va 


    268 
    axborot texnologiyalari sohasida muvafaqqiyatlar kabi tendensiyalar 
    bilan 
    mustahkamlanadigan 
    aerokosmik 
    texnologiya 
    kontekstida 
    qoʻllanilgan.
    SMART – “Specific” (oʻziga xos), “Measurable” (oʻlchab 
    boʻladigan), “Attainable” (erishib boʻladigan), “Relevant” (dolzarb), 
    “Time-bound” (aniq muddatli) inglizcha soʻzlarining bosh harflari bilan 
    ifodalangan.
    Respublikamiz yetakchi olimlaridan A.A. Abduqodirov Smart – 
    texnologiyasiga oid tushunchalar, maqsadlarni qoʻyishdagi ifodasi, 
    mohiyati, xossasi va uning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida batafsil 
    maʻlumot berib oʻtgan. Jumladan: “Smart – texnologiyalar – oʻzaro 
    taʻsir va tajriba almashish negizida protseduralarga uzatiladigan
    avvallari axborot va bilimlarga asoslangan texnologiyalardir..... «Smart» 
    ning tayanch xossasi atrof muhit bilan oʻzaro taʻsir etish va unga 
    moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu xususiyati mustaqil qiymatga ega 
    va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya, jamiyat va koʻpgina boshqa 
    kategoriyalarga qoʻllanishi mumkin. 
    SMART – bu tizim yoki jarayonning hususiyati boʻlib, atrof muhit 
    bilan oʻzaro munosabatlarda oʻzini namoyon qiladi va tizimga 
    qobiliyatini qayta ishlashga; tashqi muhitdagi oʻzgarishlarga darhol 
    javob; oʻzgaruvchan sharoitga moslashish; mustaqil taraqqiyot va oʻzini 
    oʻzi boshqarish; natijalarni samarali bajarish kabilarga imkon beradi.”
    SMART – texnologiyalarning asosini bugungi kunda IoT (Internet 
    of things) – buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti IoT 
    (Internet of things) bu – maxsus elektronika, dasturiy taʻminot, 
    sensorlar, qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning oʻzaro maʻlumot 
    almashinuvidan iborat tarmoq tizimi bilan jihozlangan sun’iy intelekt 
    yordamida masofadan boshqariluvchi maishiy texnikalar, transport 
    vositalari, eshik-derazalar, qoʻriqchi tizimlar va boshqalar. IoT 
    texnologiya tadqiqotchilariga kamroq quvvat sarflaydigan va deyarli har 
    qanday turdagi qurilmaga ulanishi mumkin boʻlgan kichikroq va 
    arzonroq simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch beradi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish