• 5.2.5-rasm. «Telefon-telefon» aloqa tizimi.
  • 5.2.6-rasm. «Kompyuter-telefon» aloqa tizimi.
  • 5.2.7-rasm. «Kompyuter-kompyuter» aloqa tuzilishi.
  • IP telefoniyaga ulanish usullari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet174/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    IP telefoniyaga ulanish usullari 
    IP protokoli asosida so‘zlashuv axborotlarini tarmoq orqali 
    paketlarni jo‘natish bilan uzatish vazifasini amalga oshiruvchi aloqa 
    jihozlari yordamida quyidagi aloqalarni tashkil etish variantlari mavjud: 
    1. «Telefondan-telefongacha» (5.2.5-rasm). Oddiy telefon 
    jihozidan chaqiruv IP telefoniya yo‘lagi biron-bir chiqishiga ulangan 
    ATSga boradi va IP tarmoq orqali xuddi shu jarayonning aksini amalga 
    oshiruvchi yo‘lakka boradi. 
    5.2.5-rasm. «Telefon-telefon» aloqa tizimi. 
    2. «Kompyuterdan-telefongacha» (5.2.6-rasm). IP telefoniya dastur 
    ta’minotiga, ovoz platasi (adapter)ga, mikrofon va akustika tizimiga ega 
    multimedia kompyuteri IP tarmog‘iga yoki internet tarmog‘iga ulanadi, 
    ikkinchi tomon esa IP telefoniya yo‘lak orqali ATS yordamida oddiy 
    telefon apparati bilan ulanadi. 


    261 
    5.2.6-rasm. «Kompyuter-telefon» aloqa tizimi. 
     
    3. «Kompyuterdan-kompyutergacha» (5.2.7-rasm). Bunday holatda 
    IP telefoniya bilan ishlovchi apparat va dastur vositalari bilan 
    jihozlangan ikki multimedia kompyuterlari orasida IP tarmoq orqali 
    ulanish amalga oshiriladi. 
    5.2.7-rasm. «Kompyuter-kompyuter» aloqa tuzilishi. 
     
    4. 
    «WEB brauzeridan-telefongacha». Internet tarmog‘ining 
    rivojlanishi bilan ovoz xizmatlariga ulanish imkoni tug‘ildi, masalan, 
    ba’zi kompaniyalarning WEB sahifalaridagi «aloqa» bo‘limida 
    «chaqirish» tugmasi o‘rnatilgan. Ushbu tugma bosilishi orqali 
    yuqoridagi kompaniya vakili bilan telefon raqamlarini termasdan turib 
    ovozli ulanishini amalga oshirish mumkin. Chaqirishni amalga oshirgan 
    foydalanuvchi uchun bunday qo‘ng‘iroq harajatlari internet tarmog‘idan 
    foydalanish harajatlariga kiritilgan. 


    262 
    IP telefoniya bilan ulanish an’anaviy telefonlar singari amalga 
    oshiriladi. Abonent go‘shakni ko‘tarib, ATS signalini eshitgach, o‘zi 
    joylashgan yoki unga yaqin bo‘lgan shahardagi yo‘lak raqamini teradi 
    va abonent mahalliy yo‘lak bilan bog‘langach, ovoz chaqirig‘ini oladi. 
    Telefon apparati klaviaturasida o‘z parolini ovoz orqali terib yuborish 
    bilan avtorizatsiyalashdan o‘tadi, so‘ngra chaqirilayotgan abonentning 
    davlat kodi va telefoon raqami teriladi. Mahalliy yo‘lak davlat va 
    shaxarning kodiga qarab IP manzillar zahirasi ma’lumotlaridan 
    abonentga eng yaqin bo‘lgan yo‘lakni aniqlaydi. Mahalliy yo‘lak 
    uzoqdagi yo‘lak bilan internet orqali ulanishni o‘rnatadi. So‘zlashuv 
    yakunida biron bir abonent go‘shakni qo‘ysa, mahalliy yo‘lak uzoqdagi 
    yo‘lak bilan ulanishni uzadi va ulanish vaqtini qayd etadi hamda boshqa 
    kerakli operatsiyalarni amalga oshiradi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish