-jadval. IP-paket xizmati tipining maydonida razryadlarni




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

5.2.2-jadval. IP-paket xizmati tipining maydonida razryadlarni 
taqsimlash 
Razryadlar 
Vazifasi 
0-2 
Mavqe (prioritet) 

Kutish davomiyligi 

O‘tkazish qobiliyati (Thoughput) 

Ishonchlilik (Reliability) 
6-7 
Rezervlashtirilgan 
 
Nutqni paketli uzatish tamoyillari. IP-telefoniya ajratilgan virtual 
kanal bo‘yicha IP-tarmoq orqali telefon aloqani o‘rnatish imkonini 
beradi. Ko‘pincha IP-tarmoq sifatida Internetdan foydalaniladi. IP-
telefoniyaning 
asosiy 
prinsipi 
IP-tarmoq 
bo‘ylab keyinchalik 
paketlashtirish va uzatish bilan ovozni raqamlash va kompressiyalashni 
(odatda G711, G729, G729a) yoki G723.1) o‘z ichiga oladi.
Aloqani tashkil etish uchun IP-telefon yoki oddiy telefonli maxsus 
dasturiy ta’minotli kompyuterdan foydalanish mumkin.
IP (Internet Protocol) tarmoqning barcha qismlarida qo‘llaniladi. U 
past tezlikdagi kirish kanallari va yuqori tezlikdagi liniyalar uchun ham 
moslashgan. IPtexnologiyalari barcha turdagi jo‘natmalarni bir qatorga 
birlashtiradi. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali telefon 


257 
so‘zlashuvlarini tashkil etishning samarali usuli, IP texnologiyasining 
ilovalaridan biri bo‘lgan IP- telefoniya hisoblanadi. U eng iqtisodiy 
tomondan foydali usul bo‘lib, uning asosida foydalanuvchiga telefon 
so‘zlashuvlar uchun sezilarli kam bo‘lgan harajatlarni talab etuvchi 
telefon xizmatlari taklif etiladi.
IP ga asoslangan tarmoqlarda barcha ma’lumotlar: ovoz, matn, 
video, kompyuter dasturlari yoki boshqa turdagi barcha axborotlar 
paketlar ko‘rinishida uzatiladi. Ushbu tarmoqdagi barcha kompyuter va 
terminallar o‘ziningnoyob manziliga ega. Uzatiladigan paketlar mazkur 
sarlovhada ko‘rsatilgan manzil asosida qabul qiluvchiga jo‘natiladi. 
Ma’lumotlar bir vaqtning o‘zida ko‘pgina foydalanuvchilarga bitta shu 
tarmoq orqali uzatilishi mumkin. IP tarmoqda muommolar yuzaga kelsa, 
shikastlangan joyni ma’lumotlar aylanib o‘tishi mumkin. Bunda IP 
protokoli signalizatsiya uchun kanal ajratilishini talab etmaydi.
IP tarmoq orqali ovozlarni uzatish jarayoni bir necha bosqichdan 
iborat: 
Birinchi bosqichda ovoz raqamlanadi. Keyin raqamlangan 
ma’lumotlar ma’lumotlarning fizik hajmini kamaytirish maqsadida tahlil 
etiladi va qayta ishlanadi. Odatda shu bosqichda ortiqcha tanaffuslar va 
tovush shovqinlari yo‘qotiladi hamda jipslashtiriladi.
Navbatdagi bosqichda qabul qilingan ma’lumotlar ketma-ketligi 
paketlarga bo‘linadi va unga qabul qiluvchining manzil-axborot 
protokoli hamda xatolarni tuzatishga doir qo‘shimcha ma’lumotlar 
qo‘shiladi. Shu vaqtda paketni bevosita tarmoqga uzatilishidan avval 
uning tashkil topishi uchun kerakli miqdordagi ma’lumotlarni vaqtincha 
to‘planishi yuz beradi.
Qabul qilingan paketlardan axborotlarni ajratib olish ham bir 
necha bosqichlardan iborat. Ovoz paketlari qabul qiluvchi terminalga 
yetib kelgach, avval uning ketma-ketlik tartibi tekshiriladi. IP tarmoq 
yetkazish muddatini kafolatlamaydi, tartib raqami yuqori bo‘lgan 
paketlar avvalroq borishi va ular orasidagi intervallar ham o‘zgarib 
turishi mumkin. Dastlabki ketma-ketlikni va sinxronlashtirishni tiklash 
uchun paketlarni vaqtincha to‘planishi yuz beradi. Lekin ba’zi paketlar 
uzatish davrida yo‘qotilishi yoki jo‘natilishiga ajratilgan vaqtdan o‘tishi 
mumkin. Odatda qabul qiluvchi terminali yo‘qolgan yoki kechikkan 
paketlarni qayta so‘rashi mumkin. Ovozlarni uzatish usuli ushlanishlarga 
tanqidiy qaraydi. Bunday holda olingan paketlar asosida yo‘qolganlarni 
taxminan tiklaydigan approksimatsiya algoritmi yoqiladi yoki bu 
yo‘qolishlar e’tiborga olinmasdan, bo‘shliqlardagi ma’lumotlar bilan 


258 
tasodifiy ravishda to‘ldiriladi. Bunday shakldagi ma’lumotlar ketma-ket 
dekompressiyalanadi va qabul qiluvchiga ovoz axborotlarini tashuvchi 
audio-signalga bevosita aylantiradi. Shunga asoslanib, qabul qilingan 
axborot dastlabki vaziyatdagi axborotga mos kelmasligi mumkinligini 
ta’kidlash lozim.
IP telefoniya tuzilmasi - paketli kommutatsiya tarmog‘ida 
multimediani amalga oshirishga mo‘ljallangan terminal qurilma, jihozlar 
va tarmoq xizmatlari tasvirini o‘z ichiga olgan. N323 standartidagi 
terminal qurilmasi va tarmoq jihozlari mavjud vaqt ko‘lamida 
ma’lumotlarni, so‘zlarni va video axborotlarni uzatishi mumkin. N.323 
terminali shaxsiy kompyuterlar bilan ulanishi yoki avtonom qurilma 
sifatida amalga oshirilishi mumkin. So‘z almashinuv ta’minoti – N.323 
standartidagi qurilma uchun majburiy vazifadir.
N.323 tavsiyasida 4 ta birikma keltirilgan: 
- terminal; 
- makon nazoratchisi (Gatekeeper); 
- yo‘lak; 
- ko‘p nuqtali konferensiyalarni boshqarish qurilmasi. 
Sanab o‘tilgan barcha birikmalar N.323 deb nomlanuvchi makonni 
tashkil etgan. Ular bitta makon nazoratchi va bir necha yakun 
nuqtalaridan iborat bo‘lib, nazoratchi makondagi barcha yakun 
nuqtalarini boshqaradi. IP telefoniya xizmatini taklif etuvchi barcha 
tarmoq yoki uning bir mintaqani qamrab olgan qismi makon bo‘lishi 
mumkin. N.323 terminali boshqa N.323 terminallar, yo‘lak yoki ko‘p 
nuqtali konferensiyalarning qurilmasi bilan birga harakat qilib, mavjud 
vaqt ko‘lamida jo‘natmalarni uzatishi va qabul qilishi mumkin bo‘lgan 
tarmoqdagi yakun nuqtalar sifatida gavdalanadi. Yuqoridagi vazifalarni 
ta’minlash uchun terminal o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 
- audio qurilmalar (mikrofon, akustika tizimi, telefon miksheri, 
akustik exolarni pasaytirish tizimi); 
- video qurilmalar (monitor, videokamera); 
- tarmoq interfeys qurilmasi; 
- foydalanuvchi interfeysi. 
N.323 terminali N.245, Q.931, RAS, RTP va N.450 protokollar 
oilasini ta’minlashi hamda G.711 audio kodlashni qo‘llashi lozim. 
Ovozlarni an’anaviy kommutatsiya kanallari va tarmoqlari o‘rniga IP 
tarmog‘i orqali uzatish texnologiyasi, yo‘laklar o‘rnatish orqali 
konfiguratsiyani inobatga oladi. Yo‘lak axborotni jipslaydi, IP paketga 
aylantiradi, IP tarmoqqa yuboradi, qarama-qarshi tomondagi yo‘lak aks 


259 
harakatlarni amalga oshiradi, ya’ni chaqiriq paketlarini o‘qiydi va 
taqsimlaydi. Natijada oddiy telefon apparati chaqirishni hech bir 
muammossiz qabul qiladi. Axborotlarni bunday o‘zga tus olishi, 
dastlabki ovoz signalini ortiqcha yubortirmasligi kerak, uzatish rejimi 
mavjud vaqt ko‘lamida abonentlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini 
saqlab qolishi kerak. Yo‘laklarning asosiy vazifalari: 

IP va telefon tarmoqlari o‘rtasida fizik interfeysni amalga 
oshirish; 

abonent signalini shakllantirish va o‘rnatish; 

abonentlarni bog‘lash; 

abonent signallarini ma’lumotlar paketiga aylantirish va yana 
qaytarish; 

signal va ovoz paketlarini tarmoq orqali uzatish; 

aloqani uzish. 
TCP/IP tuzilmasi doirasida yo‘lak vazifalarining asosiy qismi 
qo‘llanish o‘lchami jarayonida amalga oshiriladi. Chaqiriqlarni 
boshqarish 
vazifasini 
makon 
nazoratchisi 
boshqaradi. 
Makon 
nazoratchisining vazifalari: 

manzillarni transport manzillariga aylantirish; 

o‘tkazish maydonlarini nazorat qilish; 

makonlarni boshqarishdan iborat. 
Makon nazoratchisi yuqorida sanab o‘tilgan barcha vazifalarni 
faqat o‘zida ro‘yxatga olingan terminal, yo‘lak va boshqaruv 
qurilmalariga nisbatan amalga oshiradi.
Makon nazoratchisi oson 
esda qoladigan, qo‘yilgan nomlardan foydalanish imkonini berib, 
chaqiruvni soddalashtiradi. Makon nazoratchisi vazifalari yo‘laklarga 
kiritilishi mumkin. 
Konferensiyalarni boshqarish serveri (MCU – Multipoint Control 
Unit) uch va undan ortiq N.323 terminallari aloqasini ta’minlaydi. 
Konferensiyada ishtirok etayotgan barcha terminallar MCU bilan 
bog‘lanish o‘rnatadi. Server ko‘pgina manzillarga yo‘llanilishi kerak 
bo‘lgan konferensiya zahiralarini boshqaradi, ovoz, videoni ko‘rib 
chiqadi, audio va video oqimni aniqlaydi. N.323 tuzilmasi doirasida 
ko‘p nuqtali konferensiyalarni boshqarish tizimi o‘rnatilishi bo‘yicha 
ikkita yondoshuv bor: 
1. Ko‘p nuqtali konferensiyani markazlashgan holda boshqarish; 
2. Ko‘p nuqtali konferensiyalarni markazlashmagan holda 
boshqarish. 


260 
Birinchi 
guruh 
konferensiyaning 
barcha 
ishtirokchilari 
boshqalariga ko‘p manzilli (guruhli) axborotlarni uzatadilar. Bu 
tarmoqning ba’zi sigmentlarida jo‘natmalarni to‘planib qolishining 
oldini olish imkonini beradi. Lekin bunday konferensiyani boshqarish 
noqulaylik yaratadi. Markazlashgan usul qo‘llanilgan yakuniy bo‘g‘inlar 
signallarni MCU tizimida uzatadi. Bu esa uning uzatilishini ta’minlaydi. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval. IP-paket xizmati tipining maydonida razryadlarni

Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish