SIP komponentlari va protokollari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

5.2.6. SIP komponentlari va protokollari 
SIP tarmog‘i ikki turli komponentlardan tashkil topishi mumkin: 
klient/server va individual tarmoq elementi. Klient va server 
komponentlari RFC3261 (request for commend) qo‘idalari to‘plamiga 
muvofiq quyidagicha tavsiflanadi: 
Klient: Klient istalgan tarmoq elementi bo‘lib, SIP so‘rovlarini 


252 
jo‘natishi hamda SIP javoblarini qabul qilishi mumkin. Klientlar 
foydalanuvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro muloqotga kirishishi 
mumkin yoki kirishmasligi mumkin. Foydalanuvchi agentklientlari va 
proksilar klientlar hisoblanadi. 
Server: Server ham tarmoq elementi bo‘lib, xizmatdan 
foydalanish haqidagi so‘rovlarni qabul qilishi hamda so‘rovlarga mos 
javob qaytarishi mumkin. Serverlarga proksi, foydalanuvchi agent 
serveri, yo‘naltiruvchi hamda ro‘yhatga oluvchi serverlar misol bo‘la 
oladi. 
Standart SIP tarmog‘ining individual elementlari quyidagilar: 
– 
Foydalanuvchi agenti: Bu agent har bir SIP tarmog‘ining oxirgi 
punktida joylashadi. Bu ikki xil holatda ishlaydi: 
– 
Foydalanuvchi agent klienti (user agent client, UAC): SIP 
so‘rovlarini yaratadi; 
– 
Foydalanuvchi agent serveri (user agent server, UAS): SIP 
so‘rovlarini qabul qiladi va unga mos javob shaklini yaratadi masalan 
qabul qilinganlik, inkor qilinganlik yoki yo‘naltirilganlik haqidagi 
javoblarni shakllantiradi. 
– 
Server yo‘naltiruvchi: Qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan 
qurilmaning adresini aniqlashda seans boshlanishi davomiyligida 
ishlatiladi. Keyin, server yo‘naltiruvchi ma’lumotni qo‘ng‘roqni amalga 
oshirgan qurilmaga bu ma’lumotni qaytaradi. 
– 
Proksi server: Bu klient va server qurilmalari o‘rtasida 
ishlatiladigan obekt bo‘lib, boshqa klientlarning nomidan so‘rovni 
amalga oshirish uchun ham klient ham server kabi faoliyat ko‘rsatadi. 
Shuningdek, u marshrutlash vazifasini ham amalga oshiradi. 
– 

Download 7,35 Mb.
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish