• Foydalanuvchi manzili
  •  IP telefoniya – real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet168/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    5.2.5. IP telefoniya – real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish 
    IP tarmoqlari bo‘ylab foydalanuvchilar o‘rtasida seansni o‘rnatish, 


    251 
    o‘zgartirish va seansni tugatish uchun ilova pog‘onasi boshqaruv 
    protokollaridan foydalaniladi masalan SIP (session initiation protocol) 
    protokolidan. SIP protokoli RFC 3261 qoidalari to‘plamiga asosan 
    yaratilgan ilova pog‘onasi boshqaruv protokoli hisoblanadi. SIP 
    protokoli asosida internet telefoniya jarayonlari amalga oshiriladi, 
    shuningdek u IP tarmoqlari bo‘ylab ovozli (voice over IP, VoIP) 
    ma’lumotlarni uzatish uchun eng asosiy protokollardan biri sanaladi. SIP 
    protokoli istalgan turdagi bitta media yoki multimedia seansini qo‘llab 
    quvvatlaydi, shulardan telekonferensiyani ham. 
    SIP besh turli multimedia aloqalarni o‘rnatish hamda tugatish 
    jarayonini qo‘llab quvvatlaydi: 
    - Foydalanuvchi manzili: Foydalanuvchi bir muhitdan boshqasiga 
    ko‘chib o‘tishi va uzoqlashtirilgan muhitdan turib qo‘shimcha ilovalarni 
    yoki telefon xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega.  
    - Foydalanuvchi imkoniyatlari: Tayyorlik holatini aniqlash. 
    - Foydalanuvchi qobiliyati: Media va media parametrlardan 
    foydalanish holatini aniqlash. 
    - Seansni o‘rnatish: Seans parametrlarining imkoniyatidan kelib 
    chiqib nuqta-nuqta hamda ko‘p nuqtali qo‘ng‘iroqlarni o‘rnatishni 
    amalga oshirish. 
    - Seansni boshqarish: boshqaruv holati uzatish va seanslarni 
    tugatish, seans parametrlarini o‘zgartirish hamda chaqiruv xizmatlarini 
    o‘z ichiga oladi. 
    SIP dastlabgi protokollar uchun ishlab chiqilgan elementlardan 
    foydalanadi. Shuningdek SIP, HTTP kabi so‘rov/javob transaksiya 
    modeliga asoslangan. Har bir transaksiya klient so‘rovidan tashkil 
    topadi. SIP sarlovha, kodlash qoidalari hamda HTTP status kodlaridan 
    foydalanadi. Shuning uchun ham ma’lumotlar ekranda tasvirlanganida 
    tekst asosidagi ma’lumot formatini o‘qish imkoniyati mavjud bo‘ladi. 
    SIPda shu bilan birga DNS (domain name system)ning rekursiv va 
    iterativ qidiruviga o‘xshash konsepsiyadan foydalaniladi. SIPning 
    tarkibiga SDP (Session Description Protocol) protokoli ham kiradi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     IP telefoniya – real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish