-rasm. Bulutli hisoblashdagi asosiy PaaS provayderlar




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

5.1.16-rasm. Bulutli hisoblashdagi asosiy PaaS provayderlar 
 
IaaS – bu kompyuter va tarmoq infratuzilmasini istemolchilarga 
taqdim etish va virtualizatsiya sifatida xizmat koʻrsatish. (5.1.6- rasm)


239 
Boshqa soʻzlar bilan aytganda malumotlar markazi yoki 
maʻlumotlarga ishlov berish markaz provayderi istemolchilarga servis 
sifatida virtual infratuzilma yaratadi. Virtualizatsiya vositalari 
malumotlar markazi fizik infratuzilmasini virtuallashtirish imkoni beradi 
va shu yoʻl bilan birinchi bulutli xizmat qatlami IaaS yuzaga keladi.
 
Bulut xizmatlaridagi birinchi qatlam – IaaS (Infratuzilma) 
Virtualizatsiyani oʻzi nima? Resurslarni virtualizatsiyalash 
texnologiyasi fizik uskunalar (serverlar, malumotlar saqlash bazasi, 
malumotlarni uzatish tarmogʻi) ustidan ish olib borish uchun 
moʻljallangan. Ular istemolchilar oʻrtasida bir – necha qismlarga 
boʻlinadi. Misol tarizda: bitta fizik serverdan, yuzlab virtual serverlar 
ishlashi mumkin. Virtualizatsiyani taqbiq etishda dasturiy va apparat 
darajada boʻladi.
Iaas yaratishda virtualizatsiyadan tashqari avtomatizatsiya xam 
ishlatilinadi, unda provayder ishtrokisiz resurslarni dinamik taqsimlash 
imkoniyatini beradi. Avtomatik tizim virtual serverlar soni koʻpaytirish 
yoki kamaytirish, malumotlarni saqlash uchun disk maydoni yoki 
tarmoq kanallar aloqasini oʻzgartirish mumkin. Virtualizatsiya va 
avtomatizatsiya bulut xizmati IaaS da hisoblash resurslari samarali 
foydalanish, ijara narxini pasaytirish imkonini beradi.
IaaS da korparativ istemolchilar uchun ijara mavjud. Istemolchilar 
oʻz hisoblash infratuzilmasini yaratishda, ularga integratsiyalangan 
resurslar taqdim etiladi. Bunday holatlarda isteʻmolchining oʻzi OS va 
ishlab chiqish vazifalari uchun zarur boʻlgan dasturlarni, ilovalarni 
oʻrnatishi va sozlashi zarur hisoblanadi.
Iaas konsepsiyasi istemolchi faqatgina aniq vazifalarni bajarish 
uchun shu hisoblash kuchini sotib olish imkoniyatini beradi. IaaS ni 
qoʻshimcha xizmatlari tarkibiga har bir isteʻmolchining fizik 
uskunalariga bulut platformasi orqali ulanishni va uni maʻlumotlar 
markazi tarmogʻiga joylashtiradi.
Xizmat sifatida infratuzilma – bu keng qamrovdagi korxonalar 
uchun korparativ yyechim. Infratuzilma maʻlumotlarga ishlov berish 
markazida, xam va tashqi maʻlumotlar markazida joylashtirilgan boʻlishi 
mumkin. IaaS xizmati hususiy, ijtimoiy, gibrid bulutlarni yaratish, va 
himoya etish uchun tashkillashtirilgan. Provayder gibrid bulut 
konfiguratsiyasni qurishni taminlashda buyurmachining offisi bilan 
bulutli tarmoq platformasiga lokal tarmoqni birlashtiradi. Bundan 
tashqari, IaaS bulutli hisoblash xizmatlariga bulutli hosting xam kiradi. 


240 
Bulutli hosting – bu hosting resurslarni dinamik ajratadi, resurslarni 
avtomatik mashtablashtiradi va yuqori barqarorlikni rad etadi. Bulutli 
hosting vitual hostinga, virtual serverdagi VPS/VDS hostinga va 
ajratilgan serverdagi fizik hostinga alternativ hisoblanadi.
Bulutli hosting provayderi, sayt egalariga faqatgina zarur sayt 
resurslari: virtual serverlar, operativ xotira soni va qattiq disk xajmi, 
hosting infratuzilmani boshqarishdagi imkoniyatlar (misol uchun, 
tanlash imkoniyatlari, operatsion tizim, RAM lar soni, HDD hajmi va 
turi, CPU yadro soni, taktlash chastotasi va kirish tezligi).
Bulutli hosting ijarasini toʻlash resurslarni sarflanganligi va faktlar 
asosida amalga oshiriladi: protsessor vaqtlari soni, disklar soni, sarf 
qilingan operativ xotira soni va saytlarni ochish tezligi. Shu bilan birga 
bulutli hosting ijarachisi (sayt egasi) hosting resurslarini oʻzgartirishi va 
bosim kuchi oshganda resurslarni xam avtomatik tarizda koʻtarilishini 
sozlash qoʻyishi mumkin. Shunga qaramasdan istemolchilar faqatgina 
oʻzlari sarflagan resurslarga toʻlaydilar. Bulutli hosting barqarorlikni rad 
etganda undagi joylashtirilgan sayt bir vaqtning oʻzida boshqa virtual 
serverlarda ish faoliyati davom etadi ulardan birini rad etilishi sayda olib 
borilayotgan ishga xalaqit bermaydi. Hozirgi vaqtga kelib hosterlar 
bulutli hosting bilan tayyorlangan CMSni ijaraga berishni maʻqul 
koʻrmoqdalar. 
Hosting 
– 
provayderlar, 
bulutli 
hostingni 
tashkilashtirishda, oʻz serverlarini infrasutruktura sifatidagi platformaga 
CMS oʻrnatilgan Jelastiga almashtiradilar. Funksional platform Jelastik 
bir urinishda undagi joylashgan CMS va optimalashtirilgan sahifani xam 
oʻrnatadi.
Jelastik oʻz ichiga PaaS funksionaligini va IaaS infrasutrukturasni 
tez konfiguratsiya qilinganligini oʻzida aks etuvchi maxsulot 
hisoblanadi. Jelastic – bu Java va PHP – ilovalarini ishga tushuruvchi 
platform hisoblanib, u nafaqat hosterlar tomonidan bulutli hostinglar 
tashkil etishda, balki korparatsiyalar muhit (hususiy yoki gibrid 
bulutlarda) va veb-ilovalarni ishlab chiqishida ishlatilinadi.
Bulutli hostinglarda, bulutli saytlar – bu zamonaviy ilovalar 
hisoblanadi. Bulutli saytlarda malumotlar, server ilovalari, bulutli MB 
da saqlanadi va hammasi virtual bulutli serverlarda bajariladi, saytning 
klient qismi istemolchining bravzerida bajariladi. Bulut hisoblash 
muhitida bulut masalalarni yaratishimiz mumkin: Amazon EC2, IBM 
x86, Microsoft Azure, EMC, VMware larni open – source bazalarida 
yechimi topiladi. Qaysiki dinamik IT- muhitida maʻlumotlarga ishlov 


241 
berish markazi namoyon boʻladi. Bundan tashqari bulutli hisoblashda 
bulutli maʻlumotlar bazasi qoʻllaniladi. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Bulutli hisoblashdagi asosiy PaaS provayderlar

Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish