• Bajardi: Qurbonaliyev S
  • Bajardi: Qurbonaliyev s tekshirdi: Zaripova D




    Download 116,8 Kb.
    bet1/8
    Sana30.11.2023
    Hajmi116,8 Kb.
    #108256
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-topshiriq.Sanjarbek.TalimNaz





    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent Axborot Texnologiyalari
    Universiteti AKT sohasida Kasb ta’limi
    fakulteti 651/21-guruh talabasi
    Qurbonaliyev Sanjarbekning
    Ta’lim nazariyasi fanidan 1-topshirig’i




    Bajardi: Qurbonaliyev S

    Tekshirdi: Zaripova D

    Guruh: PRE001-2





    Toshkent 2023


    Vazifa-1
    ZAMONAVIY O’QITUVCHI MODELI
    REJA:
    1. O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari.
    2. O‘qituvchi shaxsiningyo‘nalganligi.

    Insonda professionalizmni tashkil etuvchi unsurlardan biri kompetensiya hisoblanadi. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy olimlar tomonidan unga turli-tuman tushunchalar, har xil fikrlar berilayotganligi haqida fikr yuritgan edik. Xorij adabiyotlarida kompetensiyani “chuqur bilimdonlik”, “berilgan vazifalarni munosib bajarish xususiyati”, “faoliyatni dolzarb va tezkorlik bilan bajarish qobiliyati”, deb tushuntirishga urinadilar.


    Kasbiy kompetensiya mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi jarayonlarida shakllanadi va takomillashib boradi. Oliy o‘quv yurtida olib borilgan ta’lim kasbiy kompetentlik asoslarini shakllanishi jarayoni deb qaralsa, malaka oshirish tizimidagi o‘qish bu kasbiy kompetensiya takomillashuvi va yanada chuqurlashuvi jarayoni sanaladi hamda kampetensiyaning oliy darajaga ko‘tarilishi deb baholash mumkin. Bunda, albatta, “kompetentlik” va “kvalifikatsiya” – “malaka” tushunchalarining pedagogik mohiyatini bir-biridan farq qila bilishni talab qiladi. Mutaxassis uchun berilgan malaka undan mazkur kasb bo‘yicha tajriba talab qilmaydi, balki o‘quv jarayonlari davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini ta’lim standartlari talablariga javob berishini ta’minlaydi. Kvalifikatsiya bu, kasbiy ta’limning shunday turiva darajasiki (tayyorgarlik), u mutaxassis uchun ma’lum bir ish joyida ishlash imkonini beradi. Mutaxassis o‘zi uchun zarur bo‘lgan kasbiy tajribaga ega bo‘lmay turib, malaka oshirishi mumkin. Shulardan ko‘rinib turibdiki, “professionalizm” tushunchasi “kasbiy kompetensiya” tushunchasiga nisbatan ancha kengroqdir.
    Professional – o‘z kasbining ustasi bo‘lish, nafaqat bilish, ularni qanday amalga oshirishni bilishgina emas, balki ana shu bilimlarni hayotga tatbiq eta olish hamda samarali natijalarga erishishi ham demakdir. Professionalizm deganda, unga baho berishda, so‘z samarali kasbiy faoliyat to‘g‘risida bo‘lishi lozim. Pedagogik kompetensiya va professionalizm haqida va ularni bir-biridan ajratib turuvchi jihatlari to‘g‘risida gaplashib o‘tdik. Demak, professionalizm mutaxassis kasbiy jihatdan o‘sishining turli qirralarini aks ettiradi va kasbiy kompetensiyaning to‘rt turini o‘zida ta’minlaydi.

    1. Ijtimoiy yoki faoliyat ko‘rsatuvchi kasbiy kompetentlik oliy darajadagi kasbiy faoliyat hisoblanib, o‘z tarkibiga nafaqat maxsus bilimlarni egallaganlikdan tashqari ularni amaliyotda qo‘llay olishni bilish demakdir.

    2. Ijtimoiy kasbiy kompetensiya hamkorlikda olib boriladigan faoliyat usullarini egallaganlik, kasbiy muloqot usullariga ega bo‘lish.

    3. Shaxsiy kasbiy kompetensiya. O‘z-o‘zini namoyish qilish va rivojlantirish, kasbiy deformatsiya, tanazzulni oldini olish, usullarini egallaganlik, ularning ichiga mutaxassis tomonidan o‘z kasbiy faoliyatni rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni anglash xususiyatlari ham kiradi.

    4. Individual kasbiy kompetensiya o‘z-o‘zini boshqarish yo‘lini egallaganlik, kasbiy o‘sishga tayyorgarlik, o‘z ishiga sodiqlik, sabr- toqat xislatlari bilan xarakterlanadi.


    Download 116,8 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 116,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: Qurbonaliyev s tekshirdi: Zaripova D

    Download 116,8 Kb.