235
Platform as a Service (PaaS) – xizmat sifatida platforma. Bulutli
hisoblash isteʻmolchiga dasturiy platformadan foydalanish uchun ruhsat
berilgan model hisoblanadi, bunda quydagi imkoniyatlardan foydalana
oladi:
operatsion tizim, maʻlumotlar bazasi, amaliy DT, ishlab chiqish
vositalari va DT sinovi. Istemolchi uchun, kompyuter platformasiga
oʻrnatilgan operatsion tizim, web – ilovalarni ishlab chiqish, tarqatish va
boshqarish uchun maxsus vositalar ijaraga beriladi.
Istemolchi bulut
infratuzilma asosini boshqarish xuquqiga ega emas, shu jumladan:
tarmoq, serverlar, operatsion tizimlar yoki maʻlumotlar bazasini xam,
lekin tarqatilgan ilovalar va ish olib borayotgan muhit konfiguratsiya
parametlarni sozlash imkoniyati mavjud.
Infrastructure as a Service (IaaS) – xizmat sifatida infrastruktura.
Istemolchi ushbu bulutli hisoblash
modelida ishlov berish
vositalarini boshqarish va saqlash, fundamental hisoblash resurslari
(virtual serverlar va tarmoq infrastrukturalar) nazorat qilish huquqiga
ega. Bunda istemolchi oʻzining xoxishiga koʻra operatsion tizimlar va
dasturlarni mustaqil tarizda oʻrnatish mumkin. Shunda isteʻmolchi
abstrak hisoblash kuchi (server vaqti, disk maydoni va tarmoq kanallarni
oʻtkazish qobilyati) yoki autsorsing IT- infrastrukturalardan foydalanish
mumkin.
Isteʻmolchi bulut infrasutrukturasini
asosini boshqarmaydi, lekin
operasion tizim, saqlanayotgan va tarqalgan ilovalarni boshqarish
imkoniyatiga ega. Bulutli maʻlumotlar markazi yoki maʻlumotlarga
ishlov berish markazida (SОD) quydagilar joylashtirilgan boʻladi: fizik
uzkunalar yoki hardware (serverlar, malumotlar saqlash bazasi, ish
stansiyalar), tizimli dasturiy taʻminot (OS,
virtualizatsiya vositasi,
avtomatizatsiya) instrumental va amaliy DT, uskunalarni boshqarish
tizimi (Equipment management systems), tarmoq infratuzilmasi
(Network infrastructure): marshutizator va kommutatorlar (routers and
switches) fizik uskunalarni ulash va birlashtirish uchun. Shu jumladan
tizim muxandisi taminoti malumotlar markazi
ishini normal taminlaydi
(Systems of engineering support).
SaaS tuzilmasi boʻyicha xar xil turdagi bulut ilovalari xizmat
koʻrsatadi. (5.1.14-rasm). Bular Business Apps, Office Web Apps,
Management Apps, Communications, Security va boshqalar. SaaS
AQSh
da keng tarqalgan hisoblanadi, eng koʻp tarqalgan bulutli
ilovalarga quydagilar kiradi: CRM (mijozlar oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatlarni boshqarish tizimi), HRM (kadrlar va hodimlar bilan