Mobillik. Elektron qurilmalarni miniatyurizatsiyalash sohasidagi
muvoffaqiyatlar, ularning narxini pasayishi, yakunlovchi mobil
qurilmalarni global tarqalishiga zamin yaratadi. Bu, har qanday joyda va
har qanday vaqtda har bir talabgorga aloqa xizmatini yetkazishni real
masalasi hisoblanadi.
Hozirgi
kunda
dunyoning
axborot
telekommunikatsiya
infrastrukturasi orqali uzatiladigan axborot hajmi har 2-3 yilda ikki
martaga oshib bormoqda.
5.1.2. Zamonaviy aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablar
219
Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
-
multiservislik -
transport
texnologiyalariga
xizmatlarni
yetkazuvchi texnologiyalarning bog‘liq emasligi;
-
keng polosalilik - odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda
keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos reyingga dinamik
о‘zgarishi imkoni;
-
multimedialik - tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish
konfiguratsiyasini qо‘llagan holda, kо‘p komponentli axborot (ovoz,
mazkur video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bо‘lgan
sinxronizatsiya bilan uzatish qobiliyati;
-
intellektuallik - foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi
tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni;
-
invariantlik ulanish - qо‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq
bо‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni;
-
kо‘p operatorlik - xizmatlarni taqdim etishda va ularning
mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta
operatorlarning qatnashishi.
Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni
shakllantirishda xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini
hisobga olish lozim.
Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi:
- “multioperatorlik” muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash
imkoniyati ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish
satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini oshirish;
- birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni
birgalikda ishlashini ta’minlash;
-
qurilmalarning
dastlabki
minimal
narxini
belgilashda
“masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qо‘llash imkoni.
Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega
bо‘lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib
о‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning
imkoniyatlarini
chegaralanganligi
yangi
infokommunikatsiya
xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa
tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini
oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga
xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
Bularning barchasi, peying avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish
yо‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini
220
rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari mavjudligini hisobga
olish lozimligiga majbur qiladi.