325
chiqib, brandmauer maʻlumotlarni oʻtkazish mumkinligini hal qiladi. U
ishonchsiz tashqi tarmoq va ichki tarmoq oʻrtasida shlyuz boʻlib xizmat
qiladi.
Brandmauer foydalanishni boshqarish qurilmasi sifatida:
−
Keraksiz trafikni toʻsadi;
−
Kirish trafiklarini yanada ishonchli tizimlarga yoʻnaltiradi;
−
Zaif tizimlarni Internet orqali foydalanishlardan yashiradi;
−
Idora tarmogʻiga qabul qilinadigan va uzatiladigan trafikni
tekshirishni taʻminlaydi;
−
Tizimning nomi,
tarmoq topologiyasi, tarmoq qurilmalari turlari
va foydalanuvchini ichki aniqlash kabi axborotlarni Internetdan
yashiradi;
−
Standart
qoʻshimchaga
qaraganda
yanada
kuchli
autentifikatsiyani taʻminlaydi.
Brandmauer quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Marshrutizatorga kiritilgan dasturiy taʻminot;
–
Ajratilgan kompyuter, host yoki hostlar toʻplami sozlashlar,
ayniqsa tarmoqdan tashqaridagi hostlardan kelib chiqadigan xavf
tugʻdiradigan protokollar yoki xizmatlardan
saytni yoki tarmoqni
himoyalash uchun. Tashqi buzgʻunchilarga korporativ tarmoqqa
kirishlariga toʻsqinlik qiladi.