74
2.2.6. Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish
Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish –
logik ulanishning xususiy
misoli, unda xamma paketlar uchun marshrut qattiq aniqlangan.
Bitta
ulanish chegarada uzatilayotgan xamma paketlar bitta aniq yo‘l bo‘yicha
o‘tishi kerak (2.2.10 -rasm). Paketli kommutatsiya tarmog‘ida
oxirgi
tugunlarni ulaydigan bitta oldindan qo‘yilgan fiksatsiyalangan marshrut
virtual kanal deb nomlanadi (virtual circuit yoki virtual channel VC).
Virtual kanallar barqaror axborot oqimlar uchun o‘rnatiladi.
Umumiy
trafikdan axborot trafigini ajratish uchun xar bitta paket maxsus belgi —
metka bilan belgilanadi [8].
Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish protsedurasi qo‘yidagi
qadamlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Virtual kanalini o‘rnatish – maxsus
paketni manba tugunidan
jo‘natish - ulanishni o‘rnatish so‘rovi (qo‘yiladigan
shu virtual kanal
yuboradigan adresi va oqim metkasi uchun).
2.
Tarmoq bo‘yicha o‘tish paytida so‘rov
xar bitta kommutatorda
yangi
yozuv shakllantiradi, bu yozuv berilgan metkaga ega bo‘lgan
paketni kommutator qanday xizmat qo‘rsatish kerakligini ko‘rsatadi.
3.
Shakllantirilgan
virtual
kanali
shu
metka
bilan
identifikatsiyalanadi.
4.
Virtual kanal o‘rnatganidan keyin tarmoq kerakli ma’lumot
oqimlarni bu kanal bo‘yicha yuborishi mumkin.
2.2.10. - rasm. Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish.
Kirish interfeysga paket qabul qilinganidan keyin kommutator paket
boshidan metkani o‘qiydi va o‘zini kommutatsiya jadvalini ko‘rib
chiqadi, bu jadval bo‘yicha paketni qaysi
chiqish portiga yuborishni
aniqlaydi.