109
3.1.7. IGMP protokoli
RFC2236 ning 2-versiyasida belgilangan IGMP protokoli (Internet
Group Management Protocol — guruhlarni
boshqarish tarmoqlararo
protokoli) xost va u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan marshrutizator
o‘rtasida ishlaydi (bu marshrutizatorni kirishdeytagrammasi yo‘lidagi
birinchimarshrutizator yoki chiqish deytagrammasi yo‘lidagi oxirgi
marshrutizator deb qarash mumkin). 3.1.6-rasmda
uchta guruhiy
marshrutizator tasvirlangan, ularning har biri lokal interfeys orqali bir
juft xostlar bilan ulangan. Ushbu misolda lokal
interfeys lokal tarmoq
bilan bog‘langan va qoida bo‘yicha lokal tarmoqning bir necha xosti u
yoki bu jo‘natma guruhi a’zosi hisoblanadi.
IGMP protokoli xostga u bilan ulangan marshrutizatorga
axborotlash-tirish vositasini taqdim etadi, unga ko‘ra xostda ishlayotgan
ilova jo‘natmaning muayyan guruhga qo‘shilishni hohlaydi. IGMP
protokolining xost va u bilan ulangan marshrutizator bilan amal qilish
sohasiningcheklanganligini
hisobga
olsak,Internetda
guruhiy
marshrutizatorlarni (qo‘shilgan marshrutizatorlarni
ham hisobga olgan
holda) muvofiqlashtirish uchun o‘z-o‘zidan ravshanki, boshqa
protokollar kerak. Guruhiy marshrutizatorlarni
muvofiqlashtirish
masalasini PIM, DVMRP va MOSPF turidagi tarmoq sathi guruhiy
marshrutlash protokollari hal etadi. Shunday qilib,
Internetda tarmoq
sathidagi guruhli jo‘natma ikkita bir-birini to‘ldiruvchi tashkil
etuvchidan – IGMP protokoli va guruhli marshrutlash protokollaridan
iborat bo‘ladi.
Garchi IGMP protokolini “guruhlarga a’zolik protokoli” deb atalsa
ham bu termin kishini chalg‘itishi mumkin,
chunki xost va u bilan
ulangan marshrutizator o‘rtasida amal qiladi. O‘z nomiga qaramasdan
IGMP protokolijo‘natma guruhiga kiruvchi barcha xostlarda ishlamaydi.
Amalda jo‘natma guruhlariga a’zolikni boshqaruvchi va guruhning
barcha Internet – xostlarida ishlovchi
tarmoq sathi protokoli
mavjud
emas
. Masalan, xostga guruhga qo‘shilgan barcha boshqa xostlar
identifikatorlarini aniqlash imkonini beradigan tarmoq sathi protokoli
mavjud emas.