|
Tarmoq texnologiyalariBog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob3.1.5. ARP protokoli
Deytagrammalarni uzatish chog‘ida bir vaqtning o‘zida tarmoq
sathidagi manzillar(Internetning IP-manzili) va kanal sathidagi manzillar
(LAN-manzillar) dan foydalaniladi, shu sababdan bir turdagi manzilni
boshqa turdagi manzilga o‘zgartirish zaruriyati yuzaga keladi. Internetda
bu ishni
ARP protokoli
(Address Resolution Protocol— manzillarni hal
qiluvchi protokol) bajaradi. Internetga ulangan har bir xostda va lokal
tarmoqqa ulangan marshrutizatorda
ARP-moduli
(RFC826) bor.
Deytagrammalarni lokal tarmoqlar doirasidagi tugunga uzatish
ARP protokoli nima uchun kerakligini tushunish uchun 3.1.4-
rasmda tasvirlangan tarmoqni ko‘rib chiqamiz. Bu oddiy misoldahar bir
tugunda IP-manzil, tugunning har bir adapterida esa, LAN-manzil bor.
IP-manzillar to‘rtta o‘nli son ko‘rinishida taqdim etiladi, LAN-manzillar
esa, o‘n olti-lik raqamlar ko‘rinishda ko‘rsatilgan. Endi faraz qilaylik,
222.222.222.222 IP-manzilli tugunIP-deytagrammani 222.222.222.222
tugunga uzatmoqchi. Bu masalani yechish uchun, uzatuvchi tugun
adapterga nafaqat IP-deytagrammani, shuningdek, 222.222.222.222
tugunning
LAN-
manzilini
uzatishi
kerak.
Tugunning
IP-
deytagrammasini va LAN-manzilni olib, uzatuvchi tugun adapteri qabul
qiluvchi tugunLAN-manzilida kanal sathidagi kadrni shakllantiradi va
uni lokal tarmoqqa uzatadi. Biroq, uzatuvchi tugun qanday qilib,
222.222.222.222 IP–manzilli tugunning LAN-manzilini aniqlaydi? U bu
ishni ARP moduli yordamida, unga IP-manzilni uzatgan holda bajaradi.
Bunga ARP-modul tugunning tegishli LAN-manzili, ya’ni49-BD-D2-
C7-56-2A manzil bilan javob beradi.
105
3.1.4-rasm. Lokal tarmoqning har bir tugunida IP-manzil, tugunning
|
| |