102
3.1.4. Lokal tarmoqlarda manzillashtirish va ARP protokoli
Lokal tarmoq tugunlari(LAN)
bir-biriga kadrlarni keng
eshittirishli kanal orqali yuboradi. Bu degani, lokal tarmoqning bir
tugunidan uzatilgan kadr lokal tarmoqning barcha boshqa tugunlari
tomonidan qabul qilinadi demakdir. Biroq, qoida bo‘yicha,
kadrni
tarmoqning barcha tugunlariga emas, muayyan bitta tuguniga uzatish
zarur.Unga shuday imkoniyatni taqdim etish uchun,
lokal tarmoqning
tugunlarida manzil bo‘lishi kerak va oluvchining manzili kanal sathidagi
kadrning maydonida ko‘rsatilishi kerak. Bu holda kadrni olib, tugun bu
kadrgami yoki lokal tarmoqning boshqa bir tuguniga mo‘ljallanganlini
aniqlashi mumkin. Agar kadrdagi oluvchining manzili tugundagi bu
kadrni olganning manzili bilan mos tushsa, tugun kanal sathidagi
kadrdan tarmoq sathi deytagrammasini
chiqarib oladi va uni
protokollar steki orqali yuqoriga uzatadi. Agar kadrdagi oluvchinining
manzili tugundagi bu kadrni olganning manzili bilan mos tushmasa,
tugun bu kadrni oddiygina tashlab yuboradi. Amalda lokal tarmoq
manzili
tugunda emas, tarmoq adapterida mavjud bo‘ladi.
3.1.2-rasm shuni aks ettiradi.
Lokal tarmoqdagi manzilni
, yoki
LAN-
manzilni,
shuningdek fizik manzil,
Ethernet-manzil
yoki
MAS-manzil
(Media Access Control — eltuvchiga kirishni boshqarish) deb ham
atashadi Lokal tarmoqlarning ko‘pchiligida (Ethernet-tarmoqlar va
markerni uzatish tarmoqlari ham) LAN-manzil 6-baytli son
bo‘lib,umumkin bo‘lgan 2
48
manzillardan foydalanish imkonini beradi.
3.1.3-rasmda ko‘rsatilganidek, bu 6-baytli
manzillar, qoidaga ko‘ra,o‘n
oltita raqamdan iborat qator ko‘rinishida tasvirlanadi, bunda manzilning
\har bir baytio‘n oltidan iborat raqamlarning juftligi ko‘rinishida
yoziladi. Lokal tarmoqdagi adapterning manzili o‘zgarmas bo‘ladi. Bu
manzil adapterni tayyorlash chog‘ida uning xotirasiga joylashtiriladi.