• Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT
  • Lokal hisoblash tarmogʻi turlari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    3.1.2. Lokal hisoblash tarmogʻi turlari 
    LHTning asosiy ikki turi mavjud: 
    kliyent-server va piring.
    Kliyent-server tipidagi LHT
    Bu tipdagi LHT talab qiluvchi 
    mikrokompyuter – kliyentlar va xizmat koʻrsatuvchi qurilmalar-
    serverlardan iborat. Server taqsimlangan maʻlumot va qurilmalarni 
    (masala, printer) boshqarib turadi. Tarmoq operatsion sistemasining bir 
    qismi esa serverlarda joylashadi. Tarmoq operatsion sistemasi uzoqdagi 
    disklarni “yaqinlashtiradi”. Server odatda kuchliroq kompyuter boʻlib, 
    katta operativ xotira va katta sigʻimli qattiq diskka ega boʻladi. Yaqin 
    oʻtmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi 
    ostida ishlovchi LHTlar eng koʻp tarqalgan edi. Kliyent-server 
    texnologiyasi Internet tarmogʻiga ulanishda ham amal qiladi. Kliyent 
    mashina GUI asosidagi operatsion sistema va brouzerga ega boʻlishi 
    yetarli.
    Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin 
    (fayl-server, maʻlumotlar bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va 
    hokazo). 
    Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT
    “Peer” soʻzi “oʻzga bilan teng 
    huquqli” degan maʻnoni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha 
    kompyuterlar hech qanday serversiz bir-birlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri 
    muloqot qilishadi. Bunda tarmoq operatsion sistemasi har bir kompyuter 
    ham server, ham kliyent boʻlishiga imkon beradi. Shuning uchun bir 
    kompyutyerdagi har qanday fayldan tarmoqning ixtiyoriy boshqa 
    foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-server 
    tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali 
    ishlaydi. Kompyuterlar soni bundan oshsa, maʻlumot almashinish tezligi 
    keskin pasayadi, chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga 


    99 
    xizmat koʻrsatishiga toʻgʻri keladi. Koʻpgina LHTlar ham kliyent-server, 
    ham piring tipidagi tarmoq birlashmasidan iborat. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish