• PBX (Private Branch Exchange)
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    LHT (Local Area Network)
    . Lokal tarmoqlar oʻz 
    navbatida kliyent-server va piring(peer-to-peer) tipdagi boʻlishi 
    mumkin. LHT tarkibiga tarmoq kabeli, interfeys kartalari, operatsion 
    sistemalar, umumiy foydalanish qurilmalari, koʻprik(bridge) va 
    shlyuz(gateway)lar kiradi.
     


    97 
    3.1.1-jadval. Lokal tarmoqda tarmoq uzunligi va ma’lumotlarni uzatish 
    tezligining uzatish muhitiga bog‘liqligi 
    Kompyuterli aloqa kanali 
    Masofa 
    Tezlik 
    Ekranlashtirilmagan mis juftlik 
    90 m gacha 
    10 – 155 Mbit/s 
    Ekranlashtirilgan mis juftlik 
    300 m gacha 
    16 Mbit/s 
    Koaksial kabel 
    2 km gacha 
    2 – 44 Mbit/s 
    Optik tolali kabel 
    10 km gacha 
    10 Gbit/s gacha 
    Katta tarmoqlar ham foydali boʻlishiga qaramasdan, koʻpgina 
    kompaniyalar bir bino hududidagi qurilma va kompyuterlarni lokal 
    tarmoqlarni birlashtirishni afzal koʻrishadi.
    PBX (Private Branch Exchange)
    . Bino doirasidagi telefon simlari 
    orqali aloqa qilishga asoslangan lokal tarmoq. U tashqi telefon liniyasiga 
    ham ulanishi mumkin. Bu eski texnologiya boʻlib, hozirda 
    qoʻllanilmaydi. Tezligi past. 
    LHT (Local Area Network).
    LHT esa odatda aloqa kanaliga ega 
    boʻlishi kerak. Bu kanal simli yoki simsiz boʻlishi mumkin. LHT 
    kommunikatsion aloqalar, tarmoq operatsion sistemasi, shaxsiy 
    kompyuterlar yoki ishchi stantsiyalar, serverlar va boshqa umumiy 
    foydalanishga moʻljallangan qurilmalardan iborat. Bu qurilmalarga 
    printerlar, skanerlar va saqlash qurilmalari kirishi mumkin. Katta 
    tarmoqlardan 
    farqli 
    oʻlaroq 
    LHTlarda 
    host-kompyutyerdan 
    foydalanilmaydi. 
    Lokal hisoblash tarmogʻi (LHT) bu kabelli yoki simsiz maxsus 
    komponentlar yordamida apparatli va dasturli taʻminotda shaxsiy 
    kompyuter (ShK) hamda atrofdagi qurilmalarni birlashtirish. LHT ning 
    oddiy formasi ikkita shaxsiy kompyuter. Ular oʻzaro tarmoqli kabel 
    (yoki radiotoʻlqin) orqali bir-biri bilan bogʻlangan boʻlib, oʻzining 
    resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (maʻlumotlar, xotira, printer, 
    faks, skanner, dasturlar, modem va h. k.). Bir nechta personal 
    kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin. Bu prinsip bugungi kunda 
    ham qoʻllanib keladi. 
    Keyin birinchi Disk-Server (Disk-Servis) yaratildi. Bu markaziy 
    kompyuter boʻlib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy 
    kompyutyerda operatsion tizim oʻrnatildi va bu bir nechta ishchi 
    stansiyalarga (clients) bir vaqtda kirish imkoniyati yaratildi. Maʻlum bir 
    resurslarga 
    ulangan 
    ishchi 
    stansiyalarni 
    kirish 
    imkoniyatlarini 
    chegaralab qoʻyish xususiyatlarga Disk-serverlar ega edi. 


    98 
    Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat koʻrsatish katta 
    xarajatlar talab qilinar edi, chunki ishchi stansiyalar boshqarar edi. 
    Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan 
    almashtirishdi. Bunda boshqarish vazifalarini server oʻziga oldi. Ishchi 
    stansiya resurslariga kirishni qoʻshimcha chegaralash uchun yangi 
    imkoniyatlar tugʻildi. Yakka ShK afzalligi bu koʻp sonli amaliy dasturlar 
    bilan avtonomli ishlash. Buning uchun unga markaziy kompyuter 
    resurslariga kirish kerak emas. Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta 
    ishlangan maʻlumotlarni saqlash lokal tariqasida boʻladi. Yaʻni, bu 
    maʻlumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi boʻlsa, 
    ularni avval saqlash kerak yoki diskga nusxa koʻchirish kerak.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish