94
ega va murakkab xalqaro kompyuter tarmoqlarini
boshqarish uchun;
•
Windows 2003 Server WE (Web Edition) –
Web-server
vazifasini bajarish uchun.
•
Windows
Server
2008
— Microsoft tomonidan
yaratilgan,
serverlar uchun kelasi operatsion sistemasining nomidir. Bu operatsion
sistema 2007 yilning 16 mayigacha
Windows Server "Longhorn" kod
nomi bilan ma'lum edi. Bu operasion
tizimning keyingi vaqtlarda
quyidagi versiyalari ishlab chiqildi: Windows Server 2012, Windows
Server 2016
•
UNIX operasion tizimi
– ko’p vazifali va bir vaqtning o’zida
ko’plab foydalanuvchilarga xizmat ko’rsata oladigan hamda professional
va server kompyuterlarga mo’ljallangan tizimdir. Ma’lumotlar
bazasi
bilan ishlash, lokal tarmoqlardan tortib to global tarmoqlargacha oddiy
modem yordamida ulana olish imkoniyatlarini beradi. Ko’plab
ilova-
dasturlari mavjud. Bu operasion tizimning dastlabgi versiyalari o’tgan
asrning
60-yillarida
paydo bo’ldi.
1994 yilda
shvesiyalik talaba
Linus
Torvalds
o’zining diplom loyihasi sifatida
UNIX ning yangi versiyasi
Linux
operasion tizimini yaratdi. 2001 yilda esa Linux ning
takomillashtirilgan versiyasi
Lindows
(
Linux+Windows
) ishlab chiqildi.
Nomidan ma’lumki, bu operasion
tizim Linux hamda Windows
tizimlarining eng yaxshi xususiyatlarini o’zida jamlagan. Keyingi
yillarda, UNIX operasion tizimi asosida
server kompyuterlarga
mo’ljallangan OC FreeBSD, NetBSD
va OpenBSD kabi tizimlar
yaratildi.