-rasm. Lokal sath bilan ulangan har bir adapterda noyob manzil mavjud




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

3.1.3-rasm. Lokal sath bilan ulangan har bir adapterda noyob manzil mavjud 


103 
LAN-manzillarning muhim xossalaridan biri shundaki, bir xil 
manzilli ikki adapterning bo‘lishi mumkin emas. Bu xayron qolarli 
ko‘rinishi mumkin, chunki tamoq adapterlari turli mamlakatlarda turli 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi..Tayvanda adapter 
ishlab chiqaruvchi kompaniya qanday qilib uning adapteri manzillari 
Belgiyadagi boshqa kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan adapterlar 
manzillaridan farq qilishini qanday kafolatlashi mumkin?Manzillarning
fizik fazosini IEEE.instituti boshqaradi. Kompaniya adapter ishlab 
chiqarmoqchi bo‘lsa, u 2
24 
manzillardan iborat manzillar fazosinining 
blokini sotib oladi. IEEE 2
24 
manzillardan iborat blokni ajratadi. (fizik 
manzilning yuqori 24 bit ini qayd etgan holda va kompaniyalarga har bir 
adapterga quyi 24 razryadlardan noyob kombinatsiyalar yaratish
imkonini bergan holda). 
Shunday qilib, adapterlarning LAN-manzillari yassi tuzilish hosil 
qiladilar (ierarxik tuzilishdan farqli ravishda) va adapterlarning bir 
joydan boshqa joyga ko‘chishida o‘zgarmaydilar. Ethernet-kartali mobil 
kompyuterda bu kompyuter qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar har doim 
bitta LAN-manzil bo‘ladi. 
IP-manzillar, aksincha, ierarxik tuzilishga ega bo‘lishini (ya’ni 
tarmoq va xostqismlarga bo‘linishini) vaxostning ko‘chishi vaqtida 
tugunning IP-manzili o‘zgarishi kerakligini eslaylik. Adapter kadrni 
o‘sha lokal tarmoqdagi boshqa adapterga jo‘natmoqchi bo‘lsa, uzatuvchi 
adapter kadrga lokal tarmoqdagi oluvchining manzilini joylashtiradi. 
Kadrni olib, qabul qiluvchi adapter undan deytagrammani chiqarib 
oladi va uni protokol steki orqali yuqoriga uzatadi. Bu lokal tarmoqning 
barcha boshqa adapterlari ham bu kadrni oladilar, biroq ular uni
-
tarmoq 
sathidagi deytagrammalarni protokol steki bo‘yicha yuqoriga 
uzatmasdantashlab yuboradilar. Biroq ba’zi hollarda uzatuvchi tugun 
lokaltarmoqdagi barcha adapterlar jo‘natgan kadrlarni qabul qilishlari 
va unga ishlov berishlaridan manfaatdor bo‘ladi. Bu holdauzatuvchi 
adapter oluvchining manzil maydoniga maxsus 
keng eshittirishli 
manzil
ni joylashtiradi. 6 baytli manzillardan foydalanuvchi lokal 
tarmoqlarda, keng eshittirishli manzil 48 ta ikkilik birliklardan tashkil 
topgan qatordir (ya’ni o‘n olti raqamdan iboratFF-FF-FF-FF-FF-FF 
ketma-ketlikdir). 
Tugunlar uchun tarmoq sathidagi manzillardan tashqari LAN-
manzillarini ajratishning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, lokal 
tarmoqlar faqat IP protokoliva Internet bilangina emas, tarmoq sathidagi 


104 
ixtiyoriy protokollar bilan ishlash uchun ishlab chiqiladi. Agar 
adapterlarga«neytral»LAN-manzillari o‘rnigaIP-manzillari belgilansa, 
ulargatarmoq 
sathining 
boshqa 
protokollari 
(masalan, 
IPX 
yokiDECnet)ni qo‘llab-quvatlash qiyin bo‘lardi. Ikkinchidan, agar 
adapterlar LANmanzili o‘rniga IP manzilidan foydalanishlari kerak 
bo‘lganida,tarmoq sathidagi manzilni adapterning operativ xotirasida 
saqlash va uni - adapterni har bir ko‘chirish yoki manbaga ulash 
chog‘ida qayta sozlash kerak bo‘lardi. Shunday qilib,protokollar 
stekidagi sathlarning yuqori darajada o‘zaro bog‘lik bo‘lmasliklari 
uchun sathlar xususiy manzil tuzilmalariga ega bo‘lishlari kerak. 
Bizmanzillarning uch xili bilan:qo‘llanish tusidagi sathdagi xostlar 
nomlari, tarmoq sathidagi IP-manzillari va kanal sathidagi LAN-
manzillari bilan tanishib chiqdik. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Lokal sath bilan ulangan har bir adapterda noyob manzil mavjud

Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish