91
2.2.22- rasm. Arduino UNO plarformasining tashkil etuvchilari
Buning uchun esa 2.2.21-rasmda koʻrsatilgan “A to B” kabeldan
foydalaniladi.
Arduino
-
Arduino
platformasi
AVR
tipidagi
mikrokontrollerlar asosida ishlaydi. Uning eng qulay jihati shuki, boshqa
bir mikrokontroller ishlatilganda uning
ehtiyojlari uchun kristall
rezonator, kondensatorlar, programmator va qurilma elementlari
ishlatiladi.
2.2.9. Mikrotoʻlqin va sun’iy yuldosh tizimlari
Simli aloqa vositalari xali uzoq vaqt saqlanishi muqarrar.
Birinchidan, optik tolali kabel orqali maʻlumot
uzatish tezligi
mikrotoʻlqin va yuldosh tizimiga nisbatan 10000 marta yuqori.
Ikkinchidan, ulardan maʻlumotlarni “oʻgʻirlash” qiyinroq. Ammo,
koʻpgina yangiliklar aynan shu simsiz kommunikasiyada roʻy beradi.
Bundan tashqari, koʻpgina xollarda simli aloqani tashkil qilish juda
qiyin.
Mikrotoʻlqin tizimlari maʻlumotni atmosfera orqali yuqori chastotali
radiotoʻlqinlar shaklida uzatadi. Mikrotoʻlqin chastotasi 1
GGts va
undan yuqori. Bu toʻlqinlarni uzatish va qabul qilish uchun maxsus
antennalardan foydalaniladi. Bu antennalar tepaliklarda joylashtiriladi,
chunki bu toʻlqin toʻgʻri chiziq boʻylab tarqaladi va to’siqlarni
aylanib
92
oʻta olmaydi. Shuning uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi bir-biriga
“qarab” turishi kerak [11].
Mikrotoʻlqinlarni uzatish va qabul qilishda yerdagi balandlikdagi
stansiyalarni yaratish maʻlum qiyinchiliklarga olib keladi. Bu
qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun “uchar stantsiyalar” - yaʻni
yoʻldoshlar yaratilgan. Fazodagi yoʻldosh va yerdagi antenna oʻrtasida
toʻsiq boʻlmaydi va antenna balandlikda joylashishi xam shart emas.
Odatda bu yoʻldoshlar 22300 milya (
36800 km)
balandlikda yer
atrofida oʻz orbitalarida aylanishlari kerak. Baʻzi yangi tizimlarda ular
pastroqda “joylashgan”. Ularning aylanish tezligi yerning oʻz oʻqi
atrofida aylanish tezligi bilan bir xilligi sababli ular yerga nisbatan
“xarakatsiz”. Ular quyosh batareyalariga ega. Ular maʻlumotni bir
antennadan qabul qilib boshqasiga uzatishga, shuningdek, xam raqamli,
xam analogli signallarni uzatishga qodir.