Texnik amalga oshirish bo‘yicha VPNning quyidagi guruhlari farqlanadi




Download 10,58 Mb.
bet53/144
Sana20.05.2024
Hajmi10,58 Mb.
#245858
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144
Bog'liq
“tarmoq xavfsizligi”

Texnik amalga oshirish bo‘yicha VPNning quyidagi guruhlari farqlanadi:
- marshrutizatorlar asosidagi VPN;
- tarmoqlararo ekranlar asosidagi VPN;
- dasturiy ta’minot asosidagi VPN;
- ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPN.
Marshrutizatorlar asosidagi VPN.VPN qurishning ushbu usuliga binoan himoyalangan kanallarni yaratishda marshrutizatorlardan foydalaniladi. Lokal tarmoqdan chiquvchi barcha axborot marshrutizator orqali o‘tganligi sababli, unga shifrlash vazifasini yuklash tabiiy. Marshrutizator asosidagi VPN asbobuskunalariga misol tariqasida Cisco-Systems kompaniyasining qurilmalarini ko‘rsatish mumkin. Tarmoqlararo ekranlar asosidagi VPN. Aksariyat ishlab chiqaruvchilarning tarmoqlararo ekrani tunnellash va ma’lumotlarni shifrlash vazifalarini madadlaydi. Tarmoqlararo ekranlar asosidagi echimga misol tariqasida Check Point Software Technologies kompaniyasining Fire Wall-1 mahsulotini ko‘rsatish mumkin. SHaxsiy kompyuter asosidagi tarmoqlararo ekranlar faqat uzatiluvchi axborot hajmi nisbatan kichik bo‘lgan tarmoqlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulning kamchiligi bita ishchi o‘rniga hisoblanganda echim narhining yuqoriligi va unumdorlikning tarmoqlararo ekran ishlaydigan apparat ta’minotiga bog‘liqligi. Dasturiy ta’minot asosidagi VPN. Dasturiy usul bo‘yicha amalga oshirilgan VPN mahsulotlar unumdorlik nuqtai nazaridan ixtisoslashtirilgan qurilmadan qolishsada, VPN-tarmoqlarni amalga oshirilishida etarli quvvatga ega. Ta’kidlash lozimki, masofadan foydalanishda zaruriy o‘tkazish polosasiga talablar katta emas. SHu sababli, dasturiy mahsulotlarning o‘zi masofadan foydalanish uchun etarli unumdorlikni ta’minlaydi. Dasturiy mahsulotlarning shubhasiz afzalligi— qo‘llanilishining moslanuvchanligi va qulayligi, hamda narxining nisbatan yuqori emasligi. Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPN. Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPNlarning eng muhim afzalligi unumdorligining yuqoriligidir. Ixtisoslashtirilgan VPN tizimlarda shifrlashning mikrosxemalarda amalga oshirilishi tezkorlikning ta’minlanishiga sabab bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan VPN-qurilmalar xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlaydi, ammo ularning narhi anchagina yuqori.


  1. Download 10,58 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144




Download 10,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnik amalga oshirish bo‘yicha VPNning quyidagi guruhlari farqlanadi

Download 10,58 Mb.