|
Texnik echimining arxitekturasi bo‘yicha VPN turkumlanishi
|
bet | 51/144 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 10,58 Mb. | | #245858 |
Bog'liq “tarmoq xavfsizligi”Texnik echimining arxitekturasi bo‘yicha VPN turkumlanishi. Ushbu turkumlash bo‘yicha virtual xususiy tarmoqlar quyidagi uch turga bo‘linadi:
- korporatsiya ichidagi VPN tarmoq;
- masofadan foydalaniluvchi VPN tarmoq;
- korporatsiyalararo VPN tarmoq.
VPN intranet texnologiyasi yordamida tarmoq uzellarini ulash.
Korporatsiya ichidagi VPN tarmoq. Korporatsiya ichidagi VPN tarmoqlar (Intranet VPN) korxona ichidagi bo‘linmalar yoki aloqaning korporatsiya tarmoqlari (shu jumladan, ajratilgan liniyalar) yordamida birlashtirilgan korxonalar guruhi orasida himoyalangan aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi. O’zining filiallari va bo‘limlari uchun axborotning markazlashtirilgan omboridan foydalanishga ehtiyoj sezgan kompaniyalar masofadagi uzellarni ajratilgan liniyalar yoki frame relay texnologiyasi yordamida ulaydilar. Ammo ajratilgan liniyalarning ishlatilishi egallanadigan o‘tkazish polosasining va ob’ektlar orasidagi masofaning kattalashgani sari joriy sarf-harajatlarning oshishiga sabab bo‘ladi. Bularni kamaytirish uchun kompaniya uzellarini virtual xususiy tarmoq yordamida ulashi mumkin. Intranet VPN tarmoqlar Internetdan yoki servis-provayderlar tomoni-dan taqdim etiluvchi bo‘linuvchi tarmoq infratuzilmalaridan foydalangan holda quriladi. Kompaniya narhi qimmat ajratilgan liniyalardan voz kechib, ularni arzonroq Internet orqali aloqa bilan almashtiradi. Bu o‘tkazish polosasidan foydalanishdagi sarf-harajatni jiddiy kamaytiradi, chunki Internet masofa ulanish narhiga hech ta’sir etmaydi. Intranet VPN uchun quyidagi afzalliklar xarakterli:
- konfidensial axborotni himoyalash uchun shifrlashning kuchli kriptografik protokollaridan foydalanish;
- avtomatlashtirilgan savdo tizimi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi kabi jiddiy ilovalarni bajarishda ishlashining ishonchliligi;
- soni tez o‘sayotgan foydalanuvchilar, yangi ofislar va yangi dasturiy ilovalarni samaraliroq joylashtirish uchun boshqarishning moslashuvchanligi. Internetdan foydalanib Intranet VPNni qurish VPN-texnologiyani amalga oshiruvchi eng rentabel usuli hisoblanadi. Ammo Internet servis darajasi umuman kafolatlanmaydi. Kafolatlangan servis darajasini hohlovchi kompaniyalar o‘zlarining VPNlarini server-provayderlari tomonidan taqdim etiluvchi bo‘linuvchi tarmoq inftuzilmalaridan foydalanib sarflash imkoniyatlarini ko‘rishlari shart.
|
| |