• Korporatsiyalararo VPN tarmoq.
  • Masofadan foydalaniluvchi VPN tarmoq




    Download 10,58 Mb.
    bet52/144
    Sana20.05.2024
    Hajmi10,58 Mb.
    #245858
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   144
    Bog'liq
    “tarmoq xavfsizligi”

    Masofadan foydalaniluvchi VPN tarmoq. Masofadan foydalaniluvchi virtual xususiy tarmoqlar VPN (Remote Access VPN) korporatsiyaning mobil yoki masofadagi xodimlariga (kompaniya rahbariyati, mehnat safari-dagi xodimlar, kasanachilar va h.) korxona axborot resurslaridan himoyalangan masofadan foydalanishni ta’minlaydi. Masofadan foydalanuvchi virtual xususiy tarmoqlarning kommutatsiyalanuvchi va ajratilgan liniyalardan foydalanishning har oydagi sarfharajatlarini anchagina kamaytirishga imkon berishi, ularning umumiy e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi. Ularning ishlash prinsipi oddiy: foydalanuvchilar global tarmoqdan foydalanishning mahalliy nuqtasi bilan ulanishlarni o‘rnatadi. So‘ngra ularning so‘rovlari Internet orqali tunnellanadi. Bu shaharlararo va xalqaro aloqa uchun to‘lovdan qutilishga imkon beradi. Undan keyin barcha so‘rovlar mos uzellarda to‘planadi va korporatsiya tarmoqlariga uzatiladi. Xususiy boshqariluvchi tarmoqlardan (dial networks) masofadan foydalaniluvchi VPN tarmoqlarga (Remote Acces VPN) o‘tish quyidagi afzalliklarni beradi:
    - shaharlararo nomerlar o‘rniga mahalliy nomerlardan foydalanish imkoniyati shaharlararo telekommunikatsiyaga sarf-harajatlarni anchagina kamaytiradi;
    - autentifikatsiyalash jarayonini ishonchli o‘tkazishni ta’minlovchi masofadagi va mobil foydalanuvchilar haqiqiyligini aniqlash tizimining samaradorligi;
    - masshtablanishning yanada yuqoriligi va tarmoqqa qo‘shiluvchi yangi foydalanuvchilar saflanishining oddiyligi;
    - kompaniya e’tiborini tarmoq ishlashi muammolari o‘rniga asosiy korporatsiya biznes-maqsadlariga qaratish.
    Ta’kidlash lozimki, sezuvchan korporatsiya trafigini tashishda ochiq tarmoq birlashtiruvchi magistral sifatida ishlatilishining masshtabi oshib bormoqda. Bu axborot himoyasi mexanizmini ushbu texnologiyaning eng muhim elementiga aylantiradi.
    Korporatsiyalararo VPN tarmoq. Korporatsiyalararo VPN tarmoqlardan (Extranet VPN) biznes bo‘yicha strategik sheriklar, xususan chet el asosiy ta’minotchilar, yirik buyurtmachilar, mijozlar va h. bilan samarali aloqani va axborotni himoyalangan almashinuvini tashkil etishda foydalaniladi. Extranet — bir kompaniya tarmog‘idan ikkinchi kompaniya tarmog‘ining to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishini ta’minlash orqali ish yuzasidan hamkorlik jarayonida aloqa ishonchliligini oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir.



    Korporatsiyalararo VPN tarmog’i.
    Extranet VPN tarmoqlari umuman korporatsiya ichidagi virtual xususiy tarmoqlarga o‘xshash, farqi shundaki, korporatsiyalararo virtual xususiy tarmoqlar uchun axborot himoyasi muammosi keskinroqdir. Extranet VPN uchun ishbilarmon sheriklar o‘zlarining tarmoqlarida qo‘llashlari mumkin bo‘lgan turli VPN-echimlar bilan aloqa qilish imkoniyatlarini kafolatlovchi standartlashtirilgan VPNmahsulotlardan foydalanish xarakterlidir. Bir necha kompaniyalar birga ishlashga kelishib, bir-birlariga tarmoqlarini ochishganida, ular yangi sheriklarining faqat ma’lum axborotdan foydalanishlariga yo‘l qo‘yishlari lozim. Bunda konfidensial axborot ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli himoyalanishi zarur. Aynan, shu sababli korporatsiyalararo tarmoqlarda ochiq tarmoq tomonidan tarmoqlararo ekran (brandmauer) yordamida nazoratga katta ahamiyat beriladi. Axborotdan haqiqiy foydalanuvchining foydalanishini kafolatlovchi autentifikatsiyalash ham muhim hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashning saflangan tizimi o‘ziga e’tiborni jalb qilmasligi shart. Extranet VPN ulanishlari intranet VPN va remote access VPN lar amalga oshirilishidagi ishlatilgan arxitektura va protokollardan foydalanib saflanadi. Asosiy farq shundan iboratki, extranet VPN foydalanuvchilariga beriladigan foydalanishga ruxsat ular sherigining tarmog‘i bilan bog‘liq. Ba’zida VPN tarmog‘ining lokal varianti (Localnet VPN) alohida guruhga ajratiladi. Localnet VPN lokal tarmog‘i kompaniya lokal tarmog‘i ichida (odatda, markaziy ofis) aylanuvchi axborotlar oqimidan kompaniyadan ishlovchi "ortiqcha qiziquvchi" xodimlarning ruxsatsiz foydalanishidan himoyalashni ta’minlaydi. Ta’kidlash lozimki, hozirda VPNni amalga oshiruvchi turli usullarning konvergensiyasi g‘oyasi ko‘zga tashlanmoqda. Virtual xususiy tarmoqning konfiguratsiyasi va xarakteristikalari ko‘p jihatdan ishlatiladigan VPNqurilmalarining turiga bog‘liq.

    Download 10,58 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   144




    Download 10,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masofadan foydalaniluvchi VPN tarmoq

    Download 10,58 Mb.