• Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
  • Xulosa: “Keys-stadi” metodi




    Download 10,58 Mb.
    bet7/144
    Sana20.05.2024
    Hajmi10,58 Mb.
    #245858
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144
    Bog'liq
    “tarmoq xavfsizligi”

    Xulosa:

    Keys-stadi” metodi


    «Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «study» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan.Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What).
    Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari

    Ish
    Bosqichlari

    Faoliyat shakli
    va mazmuni

    1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish

    • yakka tartibdagi audio-vizual ish;

    • keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);

    • axborotni umumlashtirish;

    • axborot tahlili;

    • muammolarni aniqlash


    2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash

    • individual va guruhda ishlash;

    • muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;

    • asosiy muammoli vaziyatni belgilash


    3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish

    • individual va guruhda ishlash;

    • muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;

    • har bir yechimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;

    • muqobil yechimlarni tanlash


    4-bosqich: Keys yechimini yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.

    • yakka va guruhda ishlash;

    • muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;

    • ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;

    • yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy aspektlarini yoritish



    Keys. Xemming kodi va uni qurish. Talaba Xemming kodini qurish muolajasini amalga oshirdi va uning natijasida xatolik yuz berdi.




    Download 10,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144




    Download 10,58 Mb.