• Ma’ruza mavzulari Soatlar
  • Jami 30
  • Jami 90 Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talablar
  • Yuklama Faoliyat
  • Bajariladigan ishlar % Semmestr
  • Yanuniy ishlar 50%
  • Boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi




    Download 10,58 Mb.
    bet3/144
    Sana20.05.2024
    Hajmi10,58 Mb.
    #245858
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
    Bog'liq
    “tarmoq xavfsizligi”

    Boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi
    Kiberxavfsizlik asoslari, dasturlash, kompyuter tarmoqlari fanlari asosida o‘zlashtirilgan bilimlariga asoslanadi.
    Kurs tuzilmasining tavsifi
    Ma’ruza va laboratoriya mavzulari:




    Ma’ruza mavzulari

    Soatlar


    Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati

    2


    Tarmoq xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar.

    2


    Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida xavfsizlik siyosati va modellari.

    2


    Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘z DSt ISO/IEC 27033).

    2


    Yetti sathli OSI modeli.

    2


    Ilova va taqdimot sathlarida axborotni himoyalash infratuzilmasi.

    2


    Kanal va seans sathlarida himoyalangan kanallarni shakllantirish protokollari.

    2


    Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash.

    2


    Tarmoq sathida ma’lumotlarni himoyalash.

    2


    Fizik sathda kompyuter tarmog‘ini himoyalash.

    2


    Kompyuter tarmoqlaridagi masofaviy hujumlar.

    2


    Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari.

    2


    Tarmoqlararo ekran texnologiyalari.

    2


    Hujumlarni aniqlash va bartaraf etish.

    2


    “Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligi.

    2




    Jami

    30




    Laboratoriya ishlar mavzusi





    Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatish - telnet, ssh.

    4


    Kommutatorlarda port xavfsizligi (Port Security)ni sozlash.

    2


    Tarmoq qurilmalari xavfsizligining tahlili.

    2


    Rezervlash protokollari - STP, PVSTP va agregatsiyalash protokollari - LACP, PAgP ni sozlash.

    4


    VTP protokolini sozlash.

    4


    OSPF, RIP, EIGRP va BGP protokollari asosida dinamik marshrutlashni sozlash.

    4


    ACL ro‘yxatini sozlash (standard, extended).

    4


    Marshrutizatorlarda NAT/PAT texnologiyasini sozlash.

    4


    Tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlash va log fayllarni tadqiq etish.

    4


    AAA serverda autentifikatsiya rejimini sozlash (RADIUS, TACACS+).

    2


    DHCP Snooping – xavfsizlik texnologiyasi.

    2


    ARP Poisoning tarmoq hujumi tahlili.

    2


    ASA xavfsizlik texnologiyasini sozlash.

    4


    PPTP, L2F, L2TP va IPSec protokollarini tadqiq etish.

    4


    Korxona va tashkilot axborot komunikatsiya tizimlarida VPN tarmoq qurish.

    4


    Tarmoq marshruzatorida DMZ ni o‘rnatish.

    2


    Tarmoq muammolarini izlash va bartaraf etish: Troubleshooting.

    2


    Firewall dasturiy vositasini o‘rnatish va sozlash.

    2


    IDS / IPS dasturiy vositasini o‘rnatish va sozlash.

    4




    Jami

    60

    Mustaqil ish mavzulari

    1

    Tarmoq skanerini tadqiq qilish.

    15

    2

    Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari.

    15

    3

    Tarmoqdagi asosiy tahdidlar.

    15

    4

    Asosiy tarmoq hujumlari.

    15

    5

    Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari.

    15

    6

    Tarmoq identifikatsiyasi va autentifikatsiyasi protokollari.

    15




    Jami

    90



    Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talablar
    Mustaqil ishlar har bir talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. O‘quv kursi davomida ma’ruza darsida talabalar tomonidan 2 ta mustaqil ish topshiriladi. Har bir berilgan mustaqil ishni bajarish uchun yetarlicha muddat beriladi. Birinchi va ikkinchi mustaqil ishlar mos ravishda 9 va 14 o‘quv haftasiga qadar topshiriladi.
    Berilgan mustaqil ishni bajarishda talabalar tomonidan ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Agar mustaqil ishni bajarishda ko‘chirmachilik holatlari kuzatilsa, talaba ushbu ish uchun ajratilgan foizdan mahrum bo‘ladi. Mustaqil ishni bajarishda talabalarni mustaqil fikrlash qobiliyatiga egaligi, ishni to‘liq va ravon bajarganiga alohida e’tibor beriladi.
    Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlar ma’ruzachi tomonidan berilgan tizimga elektron ravishda yuboriladi va talabalardan himoya qilish talab etiladi.
    Yuklama

    Faoliyat

    Soatlar

    Ma’ruzalar

    30

    Laboratoriya ishi

    60

    Mustaqil ish

    90

    JAMI

    180



    Yetkazib berish strategiyasi
    Ushbu kurs nazariy va amaliy mashg‘ulotlaridan iborat.
    Ma’ruzada talabalarga ma’ruzachi tomonidan kerakli ma’lumotlar beriladi. Har bir nazariy mashg‘ulotni boshlashdan oldin talabalar bilan 5-7 minut davomida qisqa savol javoblar olib boriladi. Talabalar taqdimot materiallari bilan ta’minlanadilar.
    Ma’ruza mashg‘ulotlari davomida 2 marta oraliq nazorat olinadi. Birinchi oraliq ma’ruza mashg‘ulotlarini birinchi yarmi yakuniga ko‘ra olinsa, ikkinchi oraliq ikkinchi yarmiga ko‘ra olinadi.
    Ma’ruza mashg‘ulotlarida olingan bilimlar 2 marta mustaqil ish topshiriqlarini bajarish orqali mustahkamlanadi.
    Ma’ruza mashg‘ulotlarida berilgan ma’lumotlar asosida talabalar amaliy mashg‘ulotlarini bajaradilar. Talabalar umumiy holda 5 ta amaliy ishni bajaradilar. Har bir amaliy ish doirasida talabalar auditoriyada yakka holda va guruh bo‘lib topshiriqlarni bajaradilar. Har bir amaliy ish bo‘yicha talabalarga uyga vazifa beriladi. Har bir amaliy ishni so‘ngida talabalar bilan suhbat olib boriladi. Har bir talaba tomonidan bajarilgan laboratoriya ishlar xulosalari va natijalari o‘qituvchi belgilagan tizimiga kiritiladi.
    Tizimga kiritilgandan so‘ng talabalar tomonidan laboratoriya ishini himoya qilish talab etiladi.
    Talabalar tomonidan himoya qilinmagan ishlar inobatga olinmaydi.
    Baholash
    Kurs davomida o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan kredit foizlarining bajariladigan ishlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha:

    Bajariladigan ishlar

    %

    Semmestr

    50%

    Mustaqil ishlar (2 ta)

    15%

    Laboratoriya ishlar (19 ta)

    25%

    Oraliq nazorat

    10%

    Yanuniy ishlar

    50%

    Mustaqil ish uchun ajratilgan kredit foizi ikkita ishga teng ravishda taqsimlanadi. Har bir mustaqil ish uchun ajratilgan kredit miqdori 100 foiz holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:



    1. Mustaqil ish mazmuni mavzuni to‘liy qamrab olishi: 50%

    2. Mustaqil ishda ilmiy adabiyotlar va internet resurslaridan foydalanilganligi: 20%

    3. Mustaqil ishni yoritishda misollardan foydalanilganligi: 20%

    4. Belgilangan rasmiylashtirish talablariga to‘liq javob berishi (ya’ni varaq xoshiyasi tepadan va pastdan 2sm, chapdan 2,5 sm, o‘ngdan 1,5sm joy qoldirilishi, Times New Roman 14 shrift, qator oralig‘i 1,5 interval) va tizimlashgan ko‘rinishga egaligi (mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bandi): 10%

    Laboratoriya ishlar uchun ajratilgan umumiy 25 foiz kredit miqdori har bir laboratoriya ishlariga taqsimlangan.


    Har bir laboratoriya ishi uchun ajratilgan kredit miqdori 100 foiz holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:



    1. Auditoriyada berilgan laboratoriya ishi topshirig‘ini to‘liq bajarilganligi: 40%.

    2. Uyga berilgan topshiriqni to‘liq va mustaqil bajarilganligi: 30%.

    3. Har bir laboratoriya ishi bo‘yicha yakuniy savollarga to‘liq javob berilganligi: 30%.

    O‘quv kursi davomida ikki marta oraliq nazorat olinadi va ajratilgan kredit miqdori ularga teng taqsimlanadi.


    Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan kredit foizi berilmaydi.



    Download 10,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




    Download 10,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi

    Download 10,58 Mb.