• 1-LABOROTORIYA ISHI Bajardi:Artiqov Doniyor Guruh:963-19 Urganch – 2022
  • Tarmoq xavfsizligi




    Download 2.36 Mb.
    Sana21.12.2022
    Hajmi2.36 Mb.
    #36496
    Bog'liq
    1 – tajriba ishi. Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatish. Manzili va niqoblari orqali qism tarmoq manzillarini aniqlash.
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, peddagogik kvalimetriya amaliy (2), Barcha fanlardan Testlar to‘plami (1), Mavzu O\'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida musta, I kimyo fani bo’yicha test savollari-fayllar.org



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    URGANCH FILIALI
    Kompyuter injiniringi kafedrasi
    TARMOQ XAVFSIZLIGI”
    fanidan
    1-LABOROTORIYA ISHI
    Bajardi:Artiqov Doniyor
    Guruh:963-19

    Urganch – 2022
    Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatish.


    1– tajriba ishi
    Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatish. Manzili va niqoblari orqali qism tarmoq
    manzillarini aniqlash.
    Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat. . Manzili va niqoblari orqali qism tarmoq manzillarini aniqlash ko`nikmalariga ega bo`lish.
    IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)- Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet va lokal tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP manzil ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo'natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi.
    IP adreslarning hozirda ikki avlodi mavjud.

    1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).

    2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).

    IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketmaketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz. 32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
    IPv6— yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega. IPv6 128 bit dan tashkil topgan bo'ladi. IPv6 ning ko'rinishi quyidagicha fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf. Manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu ip manzillar facebook.com va shunga o'xshash mashxur saytlarga o'rnatilgan. Biz manzillarni o'nlik sanoq tizimida ishlatganimiz bilan tarmoq interfeyslari IP manzilni ikkilik ko'rinishi bilan ishlaydi. Shunda IP manzilning har-biri 8 bitdan iborat bo'lgan to'rtta oktetlardan tashkil topgan sonlar to'plami bo'ladi. Undagi har-bir bit o'z qiymatiga ega bo'ladi. IP manzil kiritilishini quyidagi turlari mavjud

    1. Statik

    2. Dinamik

    Static ip manzillar foydalanuvchiga o'zgarmas ip manzil beradi. Masalan sayt yoki biron bir server va hakozolarning egasi bo'lsangiz. Dinamic ip manzillar esa o'zgaruvchan ip manzillar degani. Bu degani ip manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo'lib qolishidan himoyalaydi. Chuqurroq kiradigan bo'lsak, masalan internet pravayderining 4000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 1000ta foydalanuvchi ishlaydi. Demak 1000 ta ip manzil yetadi degani va tarmoq administratorining vazifasini yengillashtiradi. Dinamic ip manzil bir martda beriladi kompyuterning tarmoqqa qayta kirganda unga yangi ip manzil beriladi. Bu degani, tarmoqqa ulangan har bir kompyuter, qayta ulanishni amalga oshirganda, har gal har xil IP manzil oladi.
    IP manzillar tarmoqda foydalanishiga ko'ra ikki xil buladi.
    1.global (real, beliy, oq)
    2. lokal (seriy)
    Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip manzillarga global ip manzil orqali kirib bo'lmaydi va xavfsizlik ta'minlanadi. Quyida lokal manzillarning ro'yxati keltirilgan, ular cheklangandir.
    10.0.0.0 — 10.255.255.255, 172.16.0.0 — 172.31.255.255, 192.168.0.0 — 192.168.255.255
    127.0.0.0 – 127.255.255.255
    Tarmoq manzili ikki qismdan iborat: tarmoq manzili va ushbu tarmoqdagi asosiy manzil. Tarmoq maskasi - bu manzillarni ajratuvchi bo'linadigan chiziq.
    Tarmoq niqobi, tarmoqning IP-manzilida qancha bitni aniqlaydi. Xususiy manzillarni (RFC1918) "C" sinfidagi tarmoqlardan ko'rib chiqamiz: ular 192.168.0.0 - 192.168.255.255 oralig'ini egallaydi. Ushbu segmentning maskasi 192.168.0.0/16.
    192.168.0.0 / 16 (255.255.0.0) yozuvi tarmoq manzilini 16 bit bilan egallagan degan ma'noni anglatadi. Agar manzil ikkilangan bo'lsa, birinchi 16 bit 192.168 ni tashkil qiladi. Bu tarmoq manzili: 192.168.0.0.
    Tarmoqdagi IP-manzil: 11000000 10101000 00001010 00100010 (192.168.10.34)
    Subnet maskasi: 11111111 11111111 00000000 00000000
    (255.255.0.0)
    Tarmoq manzili: 11000000 10101000 00000000 00000000
    (192.168.0.0)

    Ushbu tajriba ishida 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha konfiguratsiya ishlari amalga oshiriladi.



    1.1 – rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi
    1.1-jadval
    Manzillash jadvali

    Qurilma

    Interfeys

    IP-manzil

    Tarmoq maska

    Asosiy shlyuz

    S1

    VLAN 1

    192.168.1.100

    255.255.255.0

    192.168.1.1

    PC-A

    Tarmoq adapteri

    192.168.1.2

    255.255.255.0


    TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat
    qilish
    uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy
    standarti RFC 854 da yozilgan.
    TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal
    ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.
    Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni ta’minlaydi.
    Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‘rniga SSH
    protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish
    mumkin.
    Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari
    (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya
    (foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi.
    Shuningdek
    qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCPport
    22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
    AUX-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‘rnatish uchun eskirgan usul xisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‘lanishi yordamida routerning
    yordamchi portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida,
    yordamchi usul ham tarmoqdan tashqari ulanishni ta’minlaydi va konfiguratsiya yoki
    tarmoq xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi
    buzilgan bo‘lsa, masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi.

    Download 2.36 Mb.




    Download 2.36 Mb.