rasm. Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq




Download 5,03 Mb.
bet10/15
Sana29.05.2024
Hajmi5,03 Mb.
#256621
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu Valyuta kursi

rasm. Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq:




  • valyuta kursining maqsadli ko‘rsatkich doirasida bo‘lishini ta’minlashda markaziy banklarning imkoniyati oltin-valyuta zaxiralarining hajmiga bog‘liq bo‘ladi.

  • Zaxiralarning yetarlicha bo‘lmasligi valyuta kursining kadrsizlanishiga olib keladi, bu esa keyingi davrlarda ham devalvatsion va inflyatsion kutilmalarni oshiradi. Bu, o‘z navbatida, import narxlarining oshishiga hamda ichki

valyuta bozorida cheklovlarning o‘rnatilishi natijasida iqtisodiyotda xufyona valyuta bozori va turli ayirboshlash kurslarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi;

  • milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi amalga oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi oqibatida inflyatsiya darajasi oshishi xatari yuzaga keladi;

  • nominal ayirboshlash kursi qat’iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash kursining oshishi to‘lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda devalvatsion xatarlarning ortishiga olib keladi;

  • narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimning kuchayishi markaziy banklarning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi imkoniyatiga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni ta’minlashga foiz stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari tajribasi ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining sezilarli darajada kamayishi, kursning sun’iy ravishda ushlab turish oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishi, eksport sektori rivojlanishining sekinlashishi va iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligining oshishi kabi qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda aholining inflyatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligini inobatga olgan holda, qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash pul-kredit
siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bunda, almashuv kursi barqarorligini ta’minlash vazifasi bevosita markaziy bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiyalari hisobiga emas, balki quyidagi choralarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish orqali ta’minlanadi:

  • qisqa muddatli davrda valyuta kursi o‘zgarishi tebranishlari kengligini bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan valyuta bozoridagi talab va taklif

muvozanatiga erishish hamda valyuta bozorini ta’minlanganlik darajasini oshirish;

  • pul-kredit siyosatining foiz va boshqa instrumentlarini ustuvor ravishda qo‘llash hamda bank tizimida tegishli hajmdagi likvidlikni saqlab turish orqali valyutaga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatish.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bank “xalqaro valyuta zaxiralarining neytralligi” tamoyiliga amal qiladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish natijasida bank tizimiga tushgan milliy valyutadagi mablag‘larning sterilizatsiyasini amalga oshiradi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotda mavjud yuqori inflyatsion bosimning milliy valyuta kursi barqarorligiga salbiy ta’sirini inobatga olib, kelajakda valyuta kursining barqarorligini ta’minlash ko‘p jihatdan inflyatsiya darajasini pasaytirishga bog‘liq bo‘ladi.
Real almashuv kursining muvozanatli darajasini ta’minlash uchun valyuta kursining dinamikasi ichki bozordagi hamda asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi narxlar darajasining o‘zgarishini o‘zida aks ettirishi kerak.
Ushbu jihatlar hamda valyuta bozorining joriy rivojlanganlik darajasini inobatga olgan holda, Markaziy bank intervensiya siyosatida dastlabki bosqichlarda asosiy e’tibor fundamental omillar emas, balki qisqa muddatli davrda valyuta bozorida talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladigan valyuta kursidagi keskin tebranishlarning oldini olishga qaratiladi.
O‘rta muddatli istiqbolda ichki valyuta bozorini rivojlantirish vazifasiga valyutani tartibga solish va valyuta kursi shakllanishini liberallashtirish, jumladan, almashuv kursi tebranishi chegaralarini oshirish vositasida erishiladi.
Bu, o‘z navbatida, valyuta bozorining rivojlanish va ta’minlanganlik darajasini oshirishga hamda valyutaga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatiga erishish uchun bozor mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Valyuta svopi, valyuta opsionlari, fyucherslar va shu kabi instrumentlarni amaliyotga joriy qilinishi valyuta bozorini rivojlantirish va valyuta almashuv kursi barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayonida samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi.
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning transmission mexanizmini ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq.
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul- kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi.
Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari, valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.



      1. Download 5,03 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 5,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq

Download 5,03 Mb.