Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoyasini qurish.
Tarmoqlararo ekran parametrlarini o'rnatish va sozlash.
Birinchi navbatda, tarmoqlararo ekranning holatini buyruqlar qatoridan ko'rishimiz kerak. Buning uchun win + R tugmalarini birgalikda bosamiz, so'ngra cmd buyrug'ini kiritamiz va Enter tugmasini bosamiz.
Bizning oldimizda quyidagi oyna ochiladi. Unga quyidagi kodni kiriting: "C:\Windows\System32>netsh advfirewall set allprofiles state off" va Enter tugmasini bosing (1-rasm).
1-rasm. CLI kodini o'rnatish
Agar kodning oxiridagi "off" holatini "on" holatiga almashtirsak, biz tarmoqlararo ekranni faollashtiramiz (2-rasm).
2-rasm. Tarmoqlararo ekranni faollashtirish
Tarmoqlararo ekranni ochish juda oddiy. Buning uchun "Пуск" tugmasini bosing, qidiruv satriga "firewall" ni kiriting va tugmachani bosing. Shundan so'ng, quyidagi oyna ochiladi (3-rasm).
3-rasm. Windows Defender tarmoqlararo ekranning asosiy oynasi
4-rasm. Tarmoqlararo ekranning asosiy va qo’shimcha sozlamalari
Tarmoqlararo ekran cheklovlarini o'rnatish uchun quyidagi bo'limlar mavjud. Chiquvchi ulanishlarni qanday yoqishimiz, yani "Разрешить" qilishimiz 5-rasmda ko'rsatilgan.
6-rasm. Tarmoqlararo ekranning bloklanishi holati