|
Rezinali dielektrik qo‘lqoplar
|
bet | 11/33 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #147463 |
Bog'liq 374 29.11.2001Rezinali dielektrik qo‘lqoplar
2.1.51. Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan tayyorlangan maxsus dielektrik qo‘lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‘lqoplar asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida esa qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
2.1.52. Qo‘lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Ish jarayonida dielektrik qo‘lqopni shimarib qo‘yish man qilinadi. Qo‘lqopga yeng ustidan kiyish zarur. Ishlatishda bo‘lgan qo‘lqoplar (mahalliy sharoit bo‘yicha) sovunli yoki sodali suyuqlik bilan davriy dizenfeksiyadan o‘tkazib turilishi lozim. Sovuq ob-havo sharoitlarida binodan tashqarida dielektrik qo‘lqoplar ishlatilganda yupqa jun yoki ip-gazlama qo‘lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi.
Dielektrik etik va kalishlar
2.1.53. Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda hamda yog‘ingarchilik bo‘lmaganda ochiqda joylashgan elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Dielektrik etik va kalishlar ishlayotganlarni qadamlar orasidagi (odim) kuchlanishdan saqlaydi.
2.1.54. Elektr uskunalarida faqat GOST 13385-78 talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi. Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‘rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki loklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan etik va kalishlardan farq qilishi zarur. Elektr uskunalari har xil razmerli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim.
Dielektrik rezinali gilamlar va izolatsiyalovchi tagliklar
2.1.55. Dielektrik rezinali gilamlar o‘ta zax xonalardan tashqari boshqa barcha yopiq joylarda joylashgan 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Gilamlar vazifasi va ishlatish sharoitiga qarab, GOST 4997-75 talablariga asosan quyidagi 2 guruhda tayyorlanishi zarur:
1-guruh — oddiy tayyorlangani — - 15° S, + 40° S haroratda ishlatish uchun;
2-guruh — moy va benzinga chidamli — - 50° S, + 80° S haroratda ishlatish uchun.
Gilamni ishlatishda uning markirovkasiga ahamiyat berish lozim. Ko‘zga tashlanadigan, mexanik ravishda yirtilgan joylari bo‘lsa, uni albatta, chiqitga chiqarish zarur.
2.1.56. Zax va tez ifloslanuvchi xonalarda izolatsiyalovchi tagliklarni qo‘llash zarur. Izolatsion taglik balandligi 70 mm dan kam bo‘lmagan izolyatorlarga o‘rnatilgan to‘shamadan tashkil topgan. Tagliklar uchun maxsus ishlab chiqarilgan SN-6 turidagi izolyatorlarni ishlatish tavsiya qilinadi. To‘shama o‘lchami 50 x 50 sm bo‘lgan, qalinligi 30 mm dan kam bo‘lmagan quruq, ko‘zsiz, buralmagan yog‘och taxtachalardan yasalishi zarur. Qoqilgan taxtachalar oralig‘i 3 sm dan oshib ketmasligi lozim. Yaxlit to‘shamalarni ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki ular izolyatorlarda tasodifiy shuntlanishni yo‘qligini tekshirishni qiyinlashtiradi. To‘shama hamma tomonidan bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
2.1.57. Izolatsiyalovchi tagliklar mustahkam va barqaror bo‘lishi zarur. Olib qo‘yiladigan izolyatorlar ishlatilganda, to‘shamani izolyator bilan ulaganda uning sirg‘anib ketishini bartaraf etish kerak. Taglik ag‘darilib ketmasligi uchun to‘shama chetlari izolyatorning tayanch yuzasidan tashqariga turtib chiqmasligi zarur.
|
| |