• 1000 V dan yuqori kuchlanishda gazorazryadli indikator lampali kuchlanish ko‘rsatgichlari
  • Izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar




    Download 1,33 Mb.
    bet21/33
    Sana28.01.2024
    Hajmi1,33 Mb.
    #147463
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
    Bog'liq
    374 29.11.2001

    Izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar
    3.1.20. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar 5-ilovada keltirilgan me’yorlarga asosan sinaladi.
    3.1.21. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar qabul qilish-topshirishda 3 kV va ishlatish mobaynida esa 2 kV kuchlanishda sinaladi.
    3.1.22. Izolatsiyalovchi qisqichlarga sinovda kuchlanish ishchi qism tagiga simdan o‘rnatilgan bandajlarga va ajratgich halqaning yoniga izolatsiyalovchi qismi tomonidan beriladi.
    3.1.23. 10 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr o‘lchovchi qisqichlarga sinashda kuchlanish magnit o‘tkazgichga va folgali elektrodlarga yoki simli bandajlarga ajratgich halqaning yoniga izolatsiyalovchi qismi tomonidan, 1000 V gacha bo‘lgan qisqichlarga esa dastak tagiga beriladi.
    1000 V dan yuqori kuchlanishda gazorazryadli indikator lampali kuchlanish ko‘rsatgichlari
    3.1.24. Kuchlanish ko‘rsatgichlarini qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari yuqori kuchlanishni izolatsiyalovchi va ishchi qismlarga alohida berish va uning gazorazryad lampasining yondiruvchi kuchlanishini aniqlashdan iboratdir. Agar kuchlanish ko‘rsatgichning ishchi qismining konstruksiyasi bo‘yicha yuqori kuchlanish bilan sinovdan o‘tkazishga hojat bo‘lmasa, faqat uning izolatsiyalovchi qismi sinovdan o‘tkaziladi va gazorazryad lampaning yondiruvchi kuchlanishi aniqlanadi.
    3.1.25. Ushbu Qoidalarning 2.1.31-bandiga asosan, yasalgan kuchlanish ko‘rsatgichining ishchi qismini sinovdan o‘tkazishda, kuchlanish kontakt-uchlikka va vintli ajratgichga beriladi. Bunda signal lampa va kondensatorlarning ishga yaroqliligi tekshiriladi. Sinovlar 5-ilovaga asosan o‘tkaziladi. Agar kuchlanish ko‘rsatgichining ishchi qismi elektr sxema bo‘yicha ulangan vintli ajratgich bilan jihozlanmagan bo‘lsa, unga sinov uskunasining simini ulash uchun ishchi va izolatsiyalovchi qism yuzasiga vaqtinchalik elektrod o‘rnatiladi. Kuchlanish ko‘rsatgichining yondiruvchi kuchlanishi xuddi uning ishchi qismini sinovdan o‘tkazish sxemasi bo‘yicha aniqlanadi.
    3.1.26. 35 — 220 kV kuchlanishga mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichlarining ishchi qismi sinovdan o‘tkazilmaydi.
    3.1.27. Namunaviy va davriy sinovlarda gazorazryad lampali kuchlanish ko‘rsatgichlarini quyidagi masofalarda turgan bir xil kuchlanishli qo‘shni kuchlanish ta’siridan yonmasligi tekshiriladi, mm hisobida: 6 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida — 150, 10 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida — 220, 10 kV dan 35 kV kuchlanishgacha — 500, 110 kV da — 1500, 220 kV da — 2300.

    Download 1,33 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




    Download 1,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar

    Download 1,33 Mb.