• Protivogazlar
  • Himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnali (tavsiya qilinayotgan shakl)
  • Dielektrik rezinadan qilingan himoya vositalarini sinovdan o‘tkazish jurnali (qo‘lqop, etik, kalish va izolatsion qoplamalari)
  • Izolatsiyalovchi tagliklar




    Download 1,33 Mb.
    bet29/33
    Sana28.01.2024
    Hajmi1,33 Mb.
    #147463
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Bog'liq
    374 29.11.2001

    Izolatsiyalovchi tagliklar
    3.2.14. Izolatsiyalovchi tagliklar barqarorligi va mustahkamligini tekshirish kabi namunaviy sinovlardan o‘tkaziladi.
    3.2.15. Yig‘ilgan izolatsiyalovchi tagliklarning chidamliligini tekshirishda unga bir tekisda taqsimlangan og‘irligi 350 kg yuk 1 minut mobaynida ta’sir etiladi. Bunda izolatsiyalovchi taglik to‘shamasining egilishi va boshqa deformatsiyalar (yoriqlar, ko‘tarib turuvchi izolyatorlar yaxlitligining buzilishi, to‘shama alohida bo‘laklarining bir-biriga ulangan joylari bo‘shab ketganligi, singan joylar va h. k.) kuzatilmasligi shart.
    3.2.16. Taglikning barqarorligini sinashda uning chetiga 80 kg og‘irlikdagi yuk qo‘yilganda to‘ntarilib ketmasligi tekshiriladi.
    3.2.17. Ishlatish jarayonida tagliklar sinalmaydi.
    Protivogazlar
    3.2.18. Protivogazlar 3 oyda 1-marta ko‘zdan kechirilib, uning sirtqi qismida buzilishlar yo‘qligi, klapanlarining sozligi va boshqalar tekshiriladi. Bundan tashqari, protivogazlar maxsus korxonalarda unda ishlatilgan filtrlarning turiga qarab, ishlatish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan usul va muddatlarda davriy sinovlardan o‘tkaziladi va qayta zaryadlanadi. Har bir sinovda bayonnoma tuzilib, kuchlanishidan qat’i nazar, ishlatiladigan himoya vositalariga bosiladigan shtamp protivogazga ham bosiladi. Protivogazlar ko‘zdan kechirilganligi to‘g‘risidagi xulosalar himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnaliga yozib qo‘yiladi (1-ilova).

    1-ilova. Himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnali (tavsiya qilinayotgan shakl)

    __________________________________________________________________________________________________

    (himoya vositalarining nomi)

    Inventar raqami

    Sinov muddati

    Keyingi sinov muddati

    Davriy ko‘zdan kechirish muddati va xulosasi

    Keyingi ko‘zdan kechirish muddati

    Saqlanadigan joyi

    Eslatma

    Eslatmalar.
    1. Shaxsiy foydalanishda bo‘lgan himoya vositalari uchun quyidagi ustunlar qo‘shiladi: “Berilgan sana” va “Himoya vositalarini shaxsiy foydalanish uchun olgan shaxs imzosi”.
    2. Begona tashkilotlarga sinov bayonnomasi berilganda bayonnoma raqami “Eslatma” ustuniga yozib qo‘yiladi.

    2-ilova. Dielektrik rezinadan qilingan himoya vositalarini sinovdan o‘tkazish jurnali (qo‘lqop, etik, kalish va izolatsion qoplamalari)

    Download 1,33 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 1,33 Mb.