|
Montyorning saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlari
|
bet | 28/33 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #147463 |
Bog'liq 374 29.11.2001Montyorning saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlari
3.2.11. Kamarlarning statik va dinamik yuklama bilan mexanik mustahkamligining namunaviy sinovlari GOST 5718-77 talablari asosida o‘tkaziladi. Saqlagich kamarlari va xavfsizlik arqonlarini qabul qilish-topshirish va 12 oyda 1-marta ishlatish sinovlarida mexanik mustahkamligi statik yuklama bilan tekshiriladi. Sinashga olingan kamarlar avval ko‘zdan kechirilib, kamar tasmasida mahalliy shikastlar yo‘qligi (kuygan, kesilgan va shunga o‘xshash), parchinli ulangan joylarda lyuftlarning yo‘qligi, belbog‘, kamar choklari va qoplamaning to‘la saqlanganligi, kamar charmi yog‘ bilan shimdirilganligi va qayirganda yorilmasligi, kapron arqonlar iplarida uzilgan joylarining yo‘qligi, zanjir bo‘laklaridagi kavsharlangan chokli joylari va halqalari tekis hamda g‘adir-budur joylari yo‘qligi, prujinali karabin kalitining buzilmaganligi, karabin yuzasining silliqligi, teshilgan, tirnalgan va boshqa shunga o‘xshash kamchiliklar yo‘qligi, kamarning hamma metall bo‘laklari (parchinli ulangan joylaridan tashqari) rux bilan qoplanganligi aniqlanishi kerak.
3.2.12. Kamarning tashqi yuzasi ko‘zdan kechirilgandan va mustahkamligiga ta’sir qiluvchi mayda kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng, u statik yuklama bilan sinaladi. Buning uchun kamar diametri 300 mm bo‘lgan qattiq tayanchga (3.5-chizma) mahkamlanib, ishlatishga qabul qilishda karabinga 300 kg, davriy ishlatish sinovlarda esa 225 kg og‘irlikdagi yuk 5 minut mobaynida osib qo‘yiladi. Karabinni ildirish uchun mo‘ljallangan yarim halqa va xavfsizlik arqonni mahkamlash uchun mo‘ljallangan halqa ham shu tartibda sinaladi. Sinov yuki kamarni vertikal yoki gorizontal holatlarida dinamometr orqali beriladigan tortish kuchi bilan almashtirilishi mumkin. Sinov tamom bo‘lgandan so‘ng kamar va uning detallarida buzilish alomatlari bo‘lmasligi zarur, karabin qulfi (zulfini) to‘g‘ri va to‘liq uning o‘yilgan joyiga tushishi shart.
3.5-chizma. Saqlagich kamarlarini statik kuchda sinash shakli: 1 — bikr tayanch; 2 — yuklama.
3.2.13. Xavfsizlik arqoni va yelkadan o‘tkaziladigan kamarlar ham himoya kamarlari kabi sinovdan o‘tkaziladi.
|
| |