Shaxsiy ekranlovchi komplektlar




Download 1,33 Mb.
bet26/33
Sana28.01.2024
Hajmi1,33 Mb.
#147463
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
374 29.11.2001

Shaxsiy ekranlovchi komplektlar
3.1.55. Shaxsiy ekranlovchi kiyim komplektlarini qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari ularning texnik holatlarini tekshirishdan iboratdir (komplektlar tashqi holatini ko‘zdan kechirish hamda kiyimlar va poyabzallarning alohida o‘zgarmas tokka nisbatan qarshiligini o‘lchash).
3.1.56. Ekranlovchi kiyimlar, bosh kiyimlar va poyabzallarni ko‘zdan kechirish jarayonida gazlamaning holatiga, tikilgan choklariga, kontakt elementlariga, tagcharmiga ahamiyat berilishi lozim. Kiyimlarning elementlari yoki poyabzalda nuqsonlar topilsa (elementlararo uzilishlar, kontakt uskunalarining nosozligi, tagcharm yedirilgan yoki tushib qolganligi, poyabzal yirtiqligi yoki yuza qismida kuchli deformatsiya bo‘lganligi va boshqa holatlarda) ular ishlatishdan olinib, yangisi yoki ta’mirlangani bilan almashtiriladi.
3.1.57. O‘zgarmas tokka nisbatan qarshilikni o‘lchashda ekranlovchi kiyimlar ilgaklarga osiladi. Kurtka va shim kontakt chiqishlari yordamida elektr ulanadi. Qarshilik 500 V li megaometr yoki ommetr bilan o‘lchanadi. O‘lchangan qarshilik 10 kOm dan oshmasligi, oshgan taqdirda ekranlovchi kiyim yaroqsizga chiqariladi.
3.1.58. Charmdan va rezinadan qilingan ekranlovchi poyabzallar o‘zgarmas tokka nisbatan qarshiligi 500 yoki 1000 V li megaometr bilan o‘lchanishi lozim. Poyabzal har bir poyining kontakt chiqishi va u joylashtirilgan metall vanna o‘rtasidagi qarshilik aniqlanadi. Poyabzal tagiga 1,5 foiz osh tuzi eritilgan suyuqlikda (suvda) yaxshilab ho‘llangan 2-3 qavatli paxtali gazlama qo‘yiladi. Bunda qarshilik 10 kOm dan oshmasligi, oshgan taqdirda poyabzal ishlatishdan olinishi va yangisi bilan almashtirilishi shart.
3.1.59. Ekranlovchi kiyimlar har bir komplektining texnik holati tekshiriladi:
ishlatishdan oldin;
ishlatish jarayonida har 3 oyda 1-marta;
komplekt yoki uning elementlari ta’mirlangandan keyin;
omborxonalarda saqlash jarayonida yilda 1-marta.
Tekshiruv natijalari himoya vositalarini tekshirish jurnaliga yozish bilan rasmiylashtiriladi.

Download 1,33 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Download 1,33 Mb.