• 1-rasm. “Kotal” elektromexanik uzatmalar qutisi.
  • Mavzu: Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining texnik holatini aniqlash nosozliklarini bartaraf etish




    Download 0,97 Mb.
    bet3/4
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #116610
    1   2   3   4
    Bog'liq
    7.12.2023

    Mavzu: Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining texnik holatini aniqlash nosozliklarini bartaraf etish.

    1.Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining umumiy tuzulishi.


    2.Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining texnik holatini aniqlash.
    3.Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining nosozliklarini bartaraf etish.

    Kardanli uzatmaning nosozliklariga, uning shovqin bilan ishlashi (avtomobilning harakatida bir uzatmadan boshqasiga o‘tishda va tirsakli valning aylanishlar sonini oshishida, hamda avtomobilni tormozlab keyin tezlik oshirilayotganda), 1000Sdan yuqori harorata qizib ketishi, tebranib aylanishi va boshqalardan iborat. Yuqoridagi nosozliklar kardan ayrisi teshiklari, ignasimon podshipnik, krestovina va kardan vali shlitsali birikmalarining yeyilishidan hosil bo‘ladi, natijada kardan valining muvozanatligi buziladi va ignasimon podshipnikda o‘q bo‘ylab zarbli zo‘riqish kuchayadi. Kardan valining krestovinasi salnigining ishdan chiqishi, ignasimon podshipnik va mahkamlash tirnog‘ining yeyilishiga olib keladi. Kardanli uzatmaga TXKdan avval diagnoz qo‘yiladi, buning uchun maxsus asbob yordamida kardan valini qo‘l bilan ikki tomonga keskin burab aylantirib, lyufti aniqlanadi. Kardan valini erkin buralish kattaligi bo‘yicha kardan va shlitsali birikmasining yoyilish darajasi aniqlanadi. Har 8-10 ming km masofadan so‘ng uzatmalar qutisi va orqa ko‘prik orasidagi kardanli val flanetsi boltli birikmalarining mahkamlanishi tekshirib turiladi. TXK paytida kardan vali flanetsini orqa ko‘prikka va uzatmalar quttisining yetaklovchi valiga mahkamlovchi hamma boltlari (80-10 Nm kuch bilan) burab qotiriladi.



    1-rasm. “Kotal” elektromexanik uzatmalar qutisi.
    Kardan valining ignasimon 84 podshipnigi Transmissiya agregatlarini moylashda ishlatiladigan (TAp10, TAp-15, TAp-15V, MT-16p) suyuqq moy bilan krestovinaning moylash jumrakchasidan (himoya klapanidan moy chiqquncha) bosim bilan yuborib moylanadi. Shlitsali birikmalar (US-1 va USS-1) quyuq moylari bosim orqali yuboriladi. Uzatmalar qutisi nosozliklarining belgilari va ularni bartaraf etish usullari.Uzatmalar qutisining detallari katta yuklanishlarda tinimsiz ishqalanib ishlashi natijasida ularning yeyilishiga olib keladi. Shuning uchun uzatmalar qutisining ishqalanuvchi yuzalarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda o‘zining surkov moylari bilan moylab turish zarur. Uzatmalar qutisi nosozliklarining kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, uzatmalardan-uzatmaga o‘tishda qotib qolishi ya’ni bir uzatmadan ikkinchi uzatmaga ravon o‘tmasligi hamda yetakchi valdan kelayotgan burovchi moment kuchini yetaklanuvchi valga to‘liq yetkaza olmasligi va shunga o‘xshash qator kamchiliklarni misol qilsa bo‘ladi. Uzatmalar qutisida paydo bo‘lgan qator nosozliklarni bartaraf etish uchun ishdan chiqqan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan shesternyalarni, prujinalarni va boshqa ehtiyot qismlarini qayta ta’mirlash yoki almashtirish maqsadga muvofiq. Uzatmalar qutisining barcha detal va qismlarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda tegishli surkov moylari bilan moylab tursak uning detal va qismlarining uzoq vaqt ishlashini ta’minlaymiz.
    Uzatmani tanlash rul ustunining dastagi orqali amalga oshirildi va uzatma tepkisini bosish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoqildi. Uilsonning qutisi oldindan tanlovchi edi, yaʼni haydovchi kerakli uzatmani oldindan tanlashi mumkin edi, u odatda debriyaj tepkisi oʻrnida joylashgan uzatmani almashtirish tepkisini bosgandan keyin yoqiladi – harakatlarni aniq muvofiqlashtirishga hojat yoʻq..Ushbu dizayn Britaniya va xorijiy zirhli transport vositalarida ham qoʻllangan – xususan, Chexoslovakiya tanklariga litsenziya boʻyicha ishlab chiqarilgan Praga-Vilson tipidagi planetar preselektor uzatma qutisi oʻrnatilgan.
    Umuman olganda, barcha birinchi avlod qisman avtomatlashtirilgan uzatmalar juda murakkab va qimmat edi, shuningdek, qoida tariqasida, past ishonchlilik va chidamlilikka ega edi, bu haydash qulayligining biroz yaxshilanishini oqlash qiyin edi. Yarim avtomatlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan qimmatbaho avtomobillarning badavlat xaridorlari uzatmalarni osonlik bilan oʻzgartirish va anʼanaviy sinxronlashtirilmagan uzatmalar qutisi talab qilinganidek, uzatma tezligini moslashtirish qobiliyatini yuqori baholadilar, shu bilan birga ularning kamchiliklariga eʼtibor bermasliklari mumkin edi. Shunga qaramay, qoʻllangan koʻplab dizayn yechimlari sof texnik nuqtayi nazardan juda qiziqarli boʻlib, keyinchalik ishlab chiqilgan.
    Biroq, dunyodagi birinchi toʻliq avtomatik transmissiya boshqa Amerika kompaniyasi – General Motors tomonidan yaratilgan. 1940-model yilida bu Oldsmobile avtomobillarida, keyin Cadillac va keyinroq Pontiacda opsiya sifatida mavjud boʻldi. U Hydra-Matic savdo belgisiga ega boʻlib, gidravlik muftasi va avtomatik gidravlik boshqaruvga ega toʻrt pogʻonali planetar uzatmalar qutisining kombinatsiyasi edi. Boshqarish tizimi avtomobil tezligi va drossel klapani holati kabi omillarni hisobga oldi. Hydra-Matic nafaqat GM barcha boʻlinmalari avtomashinalarida, balki Bentley, Hudson, Kaiser, Nash va Rolls-Royce kabi brendlarning transport vositalarida, shuningdek, harbiy mashinalarning ayrim modellarida ham qoʻllangan. 1950-yildan 1954-yilgacha Linkoln avtomobillari ham Hydra-Matic avtomat uzatmasi bilan jihozlangan. Keyinchalik, nemis ishlab chiqaruvchisi Mercedes-Benz uning asosida ishlash prinsipiga juda oʻxshash toʻrt pogʻonali avtomat uzatmani ishlab chiqdi, garchi u sezilarli dizayn farqlariga ega boʻlsa ham.
    Ilova-5
    Savol-javoblar
    1.Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining umumiy tuzulishi qanday?
    2.Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining texnik holatini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
    3.Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining nosozliklarini bartaraf etish tartibini aytib bering
    Ilova-6

    Uyga vazifa.
    O’tilganlarni takrorlab mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirib yozib kelish.

    Uyga vazifa.
    O’tilganlarni takrorlab mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirib yozib kelish.

    Uyga vazifa.


    O’tilganlarni takrorlab mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirib yozib kelish.



    Download 0,97 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining texnik holatini aniqlash nosozliklarini bartaraf etish

    Download 0,97 Mb.