• "Maqol yarating" oyini
  • Impuls – plakat
  • V.Dars yakunlarini chiqarish.
  • VI.Uyga vazifa
  • III. Yangi mavzuni yoritish




    Download 4.97 Mb.
    bet3/3
    Sana16.12.2022
    Hajmi4.97 Mb.
    #35442
    1   2   3
    Bog'liq
    Eksport yoki i port
    nano prezintatsiya(4), 6-lab hisobot, IQTISODIY TAHLILNING TURLARI, Имкрон макнуна, Usmonov-Tesiz 2023 2 Mirzayev,, mustaqil ish psixologiya, list-of-irregular-verbs
    III. Yangi mavzuni yoritish.








    "FSMU" texnologiyasi
    F-fikr
    S-sabab
    M-misol
    U-umumlashma
    Bunda har bir o'quvchi bilan individual ishlanadi.Har bir o'quvchi mavzu yuzasidan fikr bildirib,bunday fikriga sabab,misol keltirib oxirida fikrini umumlashtirishi lozim bo'ladi.


    G‘oyaviy charxpalak
    Kichik guruhning (4-5 kishidan iborat) har bir ishtirokchisiga toza oq varaq beriladi va bir xil savol beriladi (zarur bo‘lganda o‘qituvchi guruhning har bir ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi mumkin). Barcha ishtirokchilar og‘zaki fikr almashmasdan, o‘zlarining varaqlarida savollarga bo‘lgan javoblarning o‘z-o‘zidan aqlga kelib qoladigan ifodalarini yozadilar.
    Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli soat millarining harakatlanishi bo‘yicha kichik guruhdagi qo‘shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so‘ng har bir ishtirokchi varaqda mavjud yozuvlarni takrorlamasdan, yangi yozuv kiritishi lozim. Har bir ishtirokchining varag‘i yana o‘ziga qaytib kelgandan so‘ng ish yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi, baholanmaydi va tanlab olinmaydi (ushbu uslubiyatning «aqliy hujum» bilan ayrim o‘xshashligi ana shunda namoyon bo‘ladi).
    Kichik guruhlarda ishtirokchilar tomonidan ifodalangan javoblar va takliflarning muhokamasi o‘tkazilib, ularning eng muhimlari va dolzarblari yakuniy ro‘yxatga kiritiladi.
    Kichik guruhlar ishlanmalarining natijalari bilan almashish. Barcha kichik guruhlar navbatma-navbat yakuniy ro‘yxatdan o‘z ifodalarini taklif etadilar. Аgar bu ifoda yuzasidan boshqa guruhlar e‘tiroz bildirmasalar u oxirgi ro‘yxatga kiritiladi.
    O'yin texnologiyasi: Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog'ozlarni o'qituvchiga topshiradilar, sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linadi. Boshqaruvchi qo'llarni sanab, har biriga 1 balldan qo'yadi. Har bir savolga bir o'quvchidan javob so'raladi. Agar javob noto'g'ri bo'lsa o'sha guruhdan bir ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko'p ball to'plasa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.
    ⚡️ "Maqol yarating" o'yini

    ✅ Bu o'yin o'quvchilarda topqirlikni va mantiqiy fikrlash darajasini o'stiradi. O'yin davomida siz o'quvchilaringizni qanday qobiliyatlarga ega ekanligini ham bilib olishingiz mumkin.


    🔻 O'quvchilarga ikki so'z yozilgan varaqalar beriladi. Ushbu so'zlardan ular maqolni tuzishlari kerak.


    Masalan, so'zlar: yorug'- qorong'u.


    Javob: "Oyning o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u"

    🏆 Maqolni birinchi bo'lib to'g'ri aytgan o'quvchi g'olib chiqadi.


    Ko'pchilikka mashhur bo'lgan maqollardan foydalanish o'yinni yanada qiziqarli qiladi.





    Impuls – plakat
    Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
    Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
    Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
    Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
    Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar


    V.Dars yakunlarini chiqarish.
    1. O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini tinglab, mashg’ulotga yakun yasaydi, aytilgan fikrlarga o’z munosabatini bildiradi. Ularning fikrini to’ldiradi, izohlaydi.
    2 Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni ragbatlantiradi. Baholarni e’lon qiladi.
    VI.Uyga vazifa: Mavzuni o'qib kelish
    Baholash kartochkalari :



    Download 4.97 Mb.
    1   2   3




    Download 4.97 Mb.