`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI OLIY TA’LIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI
OQDARYO TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI
“TASDIQLAYMAN”
Oqdaryo tuman 1-son
kasb-hunar maktabi
direktori_______O.Qarshiyev
«___»____2024 y
AYOLLAR KIYIMINI TIKISH O’QUV AMALIYOTIDAN
ISHCHI O’QUV DASTURI
Ta’lim darajasi: Boshlangich professional ta’lim
Tayyorlov yo’nalishi: 0.72.07.00- Yengil sanoat -buyumlari konstrukstiyasini ishlash va texnologiyasi
Kasbi: 30720417 - Tikuvchilik
Ixtisosliklar: Ayollar kiyimi tikuvchisi
O’quv rejadagi tartib raqami 3.1.3
Ajratilgan soat 180 soat
Oqdaryo -2024
Ishchi o’quv dasturi Oqdaryo tuman 1-son kasb-hunar maktabining 2024yil 30-avgustdagi Pedagogik kengashida muhokama qilingan ( bayonnoma№1 ) va tasdiqlangan
Tuzuvchi:
Oqdaryo tuman 1-son kasb- hunar maktabi
ishlab chiqarish ta’limi ustasi Sh .Qoraxonova
Taqrizchilar: Oqdaryo tuman 1-son kasb- hunar maktabi
ishlab chiqarish ta’limi ustasi Z.Qayumova
Ishlab chiqarish ta’lim ustasi Qoraxonova Shaxnozaxon “Ayollar kiyimini tikish ” o’quv amalyotidan tayyorlagan ishchi o`quv dasturiga berilgan
TAQRIZI
Mazkur ishchi o’quv dastur Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Yengil sanoati buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) yo‘nalish sohasidagi O‘quv metodik birlashmasining 2024-yil 17-avgustdagi 5-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, professionalta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2024-yil 22-iyuldagi 8-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2024-yil 1-avgustdagi 391-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy o’quv dastur asosida ishlab chiqilgan. HamdaKasb-hunar maktabining ilmiy pedagogik kengashining 4-yig`ilishida tasdiqlangan. Unda namunaviy dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan.
Ishchi dasturda fanning mazmuni , egallanadigan bilim va kasbiy ko’nikmalar, malaka talablariga mos tuzilgan va har bir mavzu fanning mazmunidan kelib chiqgan holda ketma-ket, na’munaviy dastur asosida to’g’ri tuzilgan.
Ishchi dasturni tuzishda namunaviy dasturdagi mavzularga o’zgartirish kiritilmagan .
Ishchi dasturda ta’lim vositalari va ta’lim metodlari, baholash mezonlari, oraliq va yakuniy nazorat savollari foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan bo’lib, ishchi dastur yo’riqnoma talablariga to’liq javob beradi.
Ishchi dastur namunaviy dastur asosida to’gri, talab darajasida tuzilgan bo’lib, ta’lim jarayonida foydalanishga tavfsiya etiladi.
Taqrizchi : _______ ___________________________
____________________________
Kirish
Ayollar kiyimini tikish o’quv amaliyoti fani “Tikuvchilik materialshunosligi”, “Tikuv jihozlari”, “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”, “Tikuvchilik asoslari” fani dasturlari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, o‘quv ustaxonasida mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalari,turli assortimentdagi ayollar kiyimlariga model tanlash, asos va
model konstruktsiyasini yaratish, andazasini tayyorlash, gazlamaga joylashtirish, bichish tikish usullari to’g’risidagi bilimlarni shakllantiradi va o’quvchilar o‘quv ustaxonasida mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalarini,turli assortimentdagi ayollar kiyimlariga model tanlash, asos va
model konstruktsiyasini yaratish, andazasini tayyorlash, gazlamaga joylashtirish, bichish tikish ko’nikmalarini egallaydilar. O’quv amaliyoti davomida o’quvchilarga zamonaviy tikuv mashinalarida ishlash ko’nikmalari shakllantiriladi.
|