• ISHCHI O’QUV DASTURI Shaxrisabz 2022 y
  • Tushuntirish xati
  • Tasdiqlayman” Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahar «kesh avto city» mchj




    Download 110 Kb.
    bet1/31
    Sana27.03.2024
    Hajmi110 Kb.
    #178891
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    B toifa o`quv dasturi
    ADP 1-lab, A va S-a Tartib munosabati. Tartiblangan to’plamlar. N.Nmazov, 61.Хошимов Х ФАРҒОНА ВОДИЙСИДА ТАБИИЙ ҲОЛДА ТАРҚАЛГАН, 1-mavzu, 6- sem ON Rob-ka 3-k, islomjon, 3-amaliy ish, 14, Абдурахимов Голиб Абдулла углиgg, 1-labaratoriya ishi, 1. Klinik o\'lim holatlari biologik o\'lim holatlari, Tabiatda azotning aylanishi, 1-sem. 8-taqdimot 2019-2020, JLS1mK4JE8xpBizx6WVHiS1sqk6pm5BLfsKMFqou, 1-sem. 9-taqdimot 2019-2020

    TASDIQLAYMAN”


    Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahar
    «KESH AVTO CITY » MCHJ raisi: ____________ Ovlayev F.M
    “______” _______________ 2022 y.

    “B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini


    tayyorlash bo’yicha


    ISHCHI O’QUV DASTURI


    Shaxrisabz 2022 y
    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” va “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunlari, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo’yiladigan Davlat talablari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo’yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatinilitsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qaroriga va “Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash , qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda imtihondan o`tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20- iyuldagi № 393 sonli qarorlariga asosan avtotransport vositalari haydovchilarini “B” toifaga tayyorlash bo’yicha o’quv reja va dasturi ishlab chiqildi.

    Ishchi o’quv dasturi Qashqadaryo viloyat Shaxrisabz shahar «KESH AVTO CITY ” MCHJ xodimlari Ovlayev F, Xo’jamov A va Mahmudov Shlar tomonidan ishlab chiqildi.


    O’quv dasturi Qashqadaryo viloyat Shaxrisabz shahar «KESH AVTO CITY ” MCHJning o’qituvchilar kengashida uslubiy tavsiyalar muhokamasida ko’rib chiqildi va tasdiqlandi



    Tushuntirish xati

    “B” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bо‘yicha о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasining “Yо‘l harakati xavfsizligi tо‘g‘risida” va “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yо‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va о‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ–190-son hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-son va 2022-yil 20-iyuldagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o’tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 393-son qarorlari asosida ishlab chiqildi.


    “B” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bо‘yicha о‘quv dasturi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha ta’lim tashkilotlarida bajarilishi shart bо‘lgan hujjat hisoblanadi va tayyorlashning mazmuni va natijalariga bо‘lgan talablarni belgilaydi.
    “B toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bо‘yicha о‘quv dasturi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha ta’lim tashkilotlarida bajarilishi shart bо‘lgan hujjat hisoblanadi va tayyorlashning mazmuni va natijalariga bо‘lgan talablarni belgilaydi.
    О‘quv dasturini о‘zlashtirish natijalari “B” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilariga qо‘yiladigan malakaviy talablardan kelib chiqqan holda tuzilgan.
    О‘quv dasturida uni о‘zlashtirish jarayonida olinadigan bilim va kо‘nikmalarga nisbatan talablar hamda amaliy tajriba va kо‘nikmalarni olish uchun zarur bо‘lgan bilimlar kо‘rsatilgan.
    “B” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bо‘yicha о‘quv dasturi uchta moduldan tashkil topgan. Birinchi va ikkinchi modul yakuni bо‘yicha tinglovchi sinov topshiradi. Uchinchi moduldan sо‘ng umumiy kurs yakuni bо‘yicha yakuniy nazorat topshiradi.
    Yakuniy nazorat va sinovlarni tashkil qilish va о‘tkazish avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi о‘quv tashkilotlari yoki ularning muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yо‘riqnomalarda belgilanadi.
    О‘quv tashkilotida imtihonlarni qabul qilish uchun rahbar buyrug‘i bilan rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qо‘shimcha ravishda komissiya a’zolari tarkibiga о‘qituvchilar, instruktorlar, agar haydovchilar tashkilot uchun tayyorlanayotgan bо‘lsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
    О‘quv dasturining tuzilmasi va mazmuni о‘quv rejasi va har bir о‘quv fanini о‘rganish uchun mavzular bо‘yicha о‘quv rejasi va dasturi kо‘rinishida berilgan.
    О‘quv rejasida har bir о‘quv fanini о‘rganish uchun ajratilgan umumiy soatlar hamda bir о‘quv fani uchun alohida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning mazmuni aks ettirilgan.
    Har bir о‘quv fani uchun о‘quv dasturining mazmuni “B” toifadagi avtotransport vositalarining haydovchisini tayyorlash bо‘yicha о‘zlashtirish natijalaridan kelib chiqib tayyorlangan.

    Download 110 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 110 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahar «kesh avto city» mchj

    Download 110 Kb.