• O’quvchilarga qo’yiladigan talablar
  • Kompyuterni nima boshqaradi
  • Windows nima Windows inglizcha soz bolib, derazalar, oynalar
  • «tasdiqlayman»




    Download 42,23 Kb.
    Sana08.04.2020
    Hajmi42,23 Kb.
    #10242

    «TASDIQLAYMAN»

    o’quv ishlari bo’yicha direktor

    o’rinbosari_________________
    3 – D A R S R E J A S I.
    Dars o’tish vaqti ___________________ Fan – Informatika 5 – sinf

    Mavzu: Windows haqida

    Dars maqsadi:

    a) Talimiyligi: O’quvchilarga Windows haqida ma’lumot berish

    b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish
    O’quvchilarga qo’yiladigan talablar
    1. O’quvchi bilishi kerak: Windows ni

    2. O’quvchi bajara olishi kerak : 1 – 7 mashlar

    3. Uyga vazifa : 8 – 9 mashqlar

    Dars jihozi: kompyuterlar, disketalar ;
    Oqituvchi:

    Darsning borishi:
    Avvalgi darsda kompyuterning tuzilishi va uning ba'zi qurilmalari haqida ma'lumot oldingiz. Bu darsda kompyuter va uning qurilmalari nima asosidai shlashini bilib olasiz.
    Kompyuterni nima boshqaradi?

    Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o'zi yetarli emas. U inson tomonidan beriladigan buyruqlar asosida ishlaydi. Ma'lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlarning tartibli ketma – ketligi, odatda dastur deb ataladi. Ular kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadi.

    Kompyuterning qurilmalari qattiq qism (Hardware) deb, dasturlar yumshoq qism (Software) deb ataladi. Dasturlar yumshoq qism deb atalishining asosiy sababi shundaki, ularni osongina o'chirish yoki boshqasiga almashtirish imkoniyati bor.

    Kompyuterdan samarali foydalana olishimiz uning faqat texnik imkoniyatlarigagina emas, balki ko'proq undagi dasturlarga ham bog'liq bo'ladi. Chunki, kompyuterdagi dasturlargina kerakli qurilmalarni ishga tushiradi va bizga matn yozish, rasm chizish, musiqa eshitish, kino ko'rish kabi imkoniyatlarni beradi.

    Kompyuterlar uchun xilma – xil dasturlar ishlab chiqarilgan. Ular ichida eng asosiy dastur operatsion sistema hisoblanadi. Kompyuter ishga tushirilganda avvalo operatsion sistema ishga tushadi. U kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini ta'minlab, kompyuterda ishlashimizni osonlashtiradi. Operatsion sistemalar juda ko'p bo'lib, WINDOWS 98, WINDOWS XP, LINUX, UNIX, MACHINTOSH shular jumlasidandir.
    Fayl yoki papka nima?

    Avvalgi darsda ma'lumotlar kompyuterning tashqi xotirasida saqlanishini bilib oldingiz. Tashqi xotirada saqlanayotgan har qanday ma'lumot o'z nomiga ega bo'ladi. Tashqi hotirada biror nom bilan saqlab qo'yilgan har qanday ma'lumot fayl deb ataladi.

    Kompyuterda saqlanayotgan fayllar juda ko'p bo'lishi mumkin. Ularning ichidan keraklisini izlab topish oson bo'lishi uchun fayllarni guruhlarga ajratib tashqi xotiraning alohida qismlarida saqlash qulay. Bu qismlar nomlanib papka (katalog) deb ataladi. Fayllarni guruhlarga ajratishda, ularning musiqaga, kinoga, o'yinga, kimga yoki qaysidir sohaga tegishliligiga yoki yana boshqa xususiyatlariga qaraladi. Bir nechta fayl biror nomli papkaga joylanishi mumkin. Lozim bo'lsa papka ichiga papka ham joylashtirilishi mumkin.
    Windows nima?

    Windows inglizcha so'z bo'lib, derazalar, oynalar degan ma'noni anglatadi. Biz o'rganmoqchi bo'lgan WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda quyidagi kabi ko'rinish aks etadi:


    Bu ko'rinish Windowsning ish stoli yoki qisqacha ish stoli (Рабочий стол) deb ataladi.

    Ish stolida, asosan, Pusk (Пуск) tugmasi, Masalalar paneli (Панел задач), Mening kompyuterim (Мой компьютер) papkasi, Mening hujjatlarim (Мои документы) papkasi, Savatcha (Корзина), Fayl belgisi, Yorliqlar (burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgaii bo'ladi. Ularning hammasi rasmchalar shaklida berilgan. Bu rasmchalar piktogrammalar deyiladi.

    Pusk tugmasi bosilganda ekranda Pusk menyusi hosil bo'ladi. Pusk menyusida Windowsda ish boshlash bilan bog'liq bo'lgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan.

    Savatcha o'chirilgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladi.

    Fayl belgisida fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi ko'rsatilgan bo'ladi. Har bir yorliq esa biror fayl yoki papkaga mos keladi. Yorliqlar yordamida kerakli papka yoki fayl osongina ochiladi.
    Download 42,23 Kb.




    Download 42,23 Kb.