• Kafedra mudiri: prof. Pardayev A.B.
  • Fakultet Ilmiy kengashi raisi prof. Eltazarov J. Kelishildi : O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i Aliqulov B.
  • Tasdiqlayman




    Download 234.5 Kb.
    bet2/13
    Sana02.02.2021
    Hajmi234.5 Kb.
    #13082
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Taqrizchilar:

    Х.Z.Xayrullayev SamDChTI professori, f.f.d.
    Fanning ishchi o‘quv dasturi SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2019-yil 22-iyundagi 14-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
    Kafedra mudiri: prof. Pardayev A.B.
    Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___ iyuldagi ___-sonli bayonnoma).
    Fakultet o‘quv-uslubiy

    kengashi raisi prof. Abdiyev M.
    Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek filologiyasi fakulteti Ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___iyuldagi ___-sonli bayonnoma.
    Fakultet Ilmiy

    kengashi raisi prof. Eltazarov J.

    Kelishildi:

    O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i Aliqulov B.
    O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili adabiyoti universitetini tashkil qilish to‘g‘risidagi Respublika Prezidenti farmonida (2016 yil 13-may) «O‘zbek tili va adabiyoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash», bugungi filolog mutaxassislarning muhim vazifasi deya ta’kidlandi. Hozirda nutq madaniyati, notiqlik va mutolaa san’ati doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, nutq madaniyati va notiqlik tarixining muhim bosqichlari borasida tasavvur hosil qilish, notiqlikning asosiy shartlari, nutq madaniyati asoslari, notiqlik yo‘nalishlari va maktablari, voizlik san’ati, mumtoz manbalardagi nutq madaniyatiga oid qarashlar haqida ma’lumot berish, nutq sifatlari, uslublari, adabiy til me’yorlariga amal qilish, nutqni maqsadga muvofiq shakllantirish, yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini talab darajasida egallagan o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    «Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani madaniy nutq tuzish, ifodali o‘qishga o‘rgatishni, mutolaa madaniyatining talablari, qonun-qoidalarini o‘zlashtirishni, millat va mamlakat hayotida kechgan ijtimoiy-tarixiy, ruhiy-ma’naviy, adabiy-estetik jarayonlarni tushunish, og‘zaki va yozma nutq me’yorlari bo‘yicha muayyan ko‘nikma hosil qilishni maqsad qiladi.

    «Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani «Madaniyatshunoslik», «YOzma nutq me’yorlari», «Davlat tilida ish yuritish», «Hozirgi o‘zbek adabiy tili», «Mutaxassislikka kirish», «Darslikdan foydalanish metodikasi», «Adabiyot nazariyasi», «Mumtoz adabiyot tarixi», «Sotsiologiya», «Psixologiya» fanlari bilan aloqador.

    Ushbu fanni o‘qitish orqali o‘zbek tili va adabiyotini tarixiy va nazariy poetika, jahon adabiyoti kontekstida tushunadigan, og‘zaki va yozma nutqi ravon, barmoq va aruz vaznidagi she’rlarni, badiiy matnni ifodali o‘qiy oladigan, nutq madaniyati va notiqlik san’ati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar va ilmiy xodimlar tayyorlash ko‘zda tutiladi.



    Download 234.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 234.5 Kb.