«tasdiqlayman»




Download 1,83 Mb.
bet7/76
Sana16.06.2021
Hajmi1,83 Mb.
#15068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
OILAVIY ShIFOKOR/ UMUMIY AMALIYoT ShIFOKORI– bu oliy o‘quv yurtini tamomlagan mutaxassis bo‘lib, diplomdan so‘ng malaka oshirib axoli o‘rtasida birlamchi tibbiy sanitar yordamni sifatli ko‘rsatish, yoshi, jinsi, irqi, millati, dini, sotsial kelib chiqishi va kasallik turidan qatiy nazar.

U yuqori malakaga ega bo‘lgan shifokor bo‘lib, chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib axoli orasida ko‘p uchraydigan kasalliklar va patologik xolatlarni oldini olish va davolash ishlarini olib boradi.

Oilaviy shifokor ambulator sharoitda sifatli va maqsadga yo‘naltirilgan xolda amaliy bilim/ ko‘nikmalarni amalga oshiradi, kerak bo‘lsa bemorlarni tor mutaxassisga yuboradi yoki siatsionar davo olish uchun yo‘llanma beradi.

Oilaviy shifokor ishining asosida klinik tibbiyotning asosiy vazifasi bo‘lmish bemorning muammosi yotadi: bemorga nima bo‘lgan? Oilaviy shifokor va «tor mutaxassis» orasidagi fikrlarning farqlari bunda yaqqol farqlanadi. Bunda mutaxassis : mening bemorimmi yoki meniki emasmi?degan savol yotadi.Agar bemor« meniki emas» bo‘lsa,unda bemorga qiziqish yo‘qoladi va uni «boshqa mutaxassisga» yuboridadi. Agar to‘g‘ri yo‘naltirilsaku mayli. Agar unday bo‘lmasa bemor turli mutaxassislar orasida adashib yuradi. Oilaviy shifokorning vazifasi bemor muammosini xal qilish, uning yoshi, jinsi va kasalligining turidan qat’iy nazar. Doimiy ravishda axoli o‘rtasida tatviqot ishlarini oli boradi.

Albatta oilaviy shifokor keng ko‘lamli mutaxassis bo‘ladi. U xam boshqa klinitsist shifokorlar kabi yuqori malakaga ega bo‘lishi kerak. Aloxida oilalar va shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘zinig bemorlarini uyda ko‘rish, ambulator sharoitda qabul qilish va ba’zi xollarda statsionar sharoitda ko‘rish xuquqiga egadirlar. Bemorning muammosini xal qilishda birlamchi qarorlar qabul qilish kerak bo‘lsa tor mutaxassislar bilan maslaxatlashgan xolda muammoni xal qilishda javobgarlikni oladi. Xamda oilaviy shifokor turli yoshdagi axoli bilan ishlash ko‘nikmalariga egadirlar.

Oilaviy shifokorga nisbatan (WONCA) 1991 yil butun dunyo organizatsiyasi tomonidan milliy kolledjlar, akademiyalar va akademik assotsiatsiyalar umumiy amaliyot/ oilaviy shifokorlarga nisbatan talablar va qonunlar qabul qilindi. Bu xujjatda oilaviy shifokor tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish, nafaqat davolash balki reabilitatsiya va profilaktika va sog‘liqni mustaxkamlash kabi vazifalar berilgan. Bunday yordam oson va tez ko‘rsatilishi kerak.

Sog‘liqqa doir ko‘p masalalar oilaviy shifokor tomonidan xal qilinishi kerak lekin u kerak bo‘lsa o‘z vaqtida tor sutaxassislarga yuborishi kerak.

Oxirgi yillarda ko‘plab Yevropa davlatlarida sog‘liqni saqlashni reform tizimiga o‘tishgan. Bu reformlar sog‘liqni saqlash xizmatlarining takomillashishiga olib keladi, bunda umumiy amaliyotda mavjud bo‘lgan tizimlar reorganizatsiyasi qo‘llaniladi. Umumiy amaliyotdagi muammolarga bag‘ishlangan VOZ tomonidan bir qancha xujjatlar ishlab chiqildi. Unda oilaviy tibbiyotning noinfeksion kasalliklar profilaktikasida asosiy roli yoritilgan, markaziy va sharqiy Yevropada umumiy amaliyot shifokorlarining xissasi va oilaviy tajribani rivojlantirish yoritilgan.

1995 yil « Yevropa davlatlarida umumiy amaliyot/oilaviy tibbiyotga Xartiya yaratildi». 1998 yil VOZ tomonidan « Yevropa davlatlarida umumiy amaliyot/oilaviy shifokor professional va administrativ aspektlarni rivojlantirish qo‘llanmasi ishlab chiqildi. 2001 yili umumiy amaliyot shifokorining ish faoliyati va vazifalari ko’rib chiqildi. Yevropa davlatlarida qanday tashkil qilinganligi va umumpraktik shifokorning nima ish qilishi ma’lumotlari yig‘ildi.

Oilaviy tibbiyotda birlamchi tibbiy sanitar yordam ko‘rsatishda spetsialistlar tayyorlash axamiyatli xisoblanadi. Xozirgi kungacha ilmiy bilim bemorlar bilan ishlashdagi amaliyotdan ustun turardi.

Umumiy amaliyotning Edinburgdagi tibbiy maktabdagi 200-yillik tarixi, Leyden universitetidan olingan tajribalar, tibbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan pioner , bemorlarni namoyish qilishga asoslangan. 1963 yil umumiy amaliyot birinchi kafedrasi ochilgan.

Xalqaro oilaviy shifokorlar guruxi 1974 yilda Yevropada umumiy amaliyotni targ‘ibot etdi. UASh tayyyorlashda o‘qitish maqsadi uch kichik guruxlarga bo‘lindi.





Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Download 1,83 Mb.