Qarama – qarshi yo’nalishli sxema 9.4b – rasmda ko’rsatilgan.
9.4-rasm. Absorbsiya sxemalari va jarayonni y-x koordinatlarda tasvirlash.
a – parallel; b – qarama-qarshi; c – absorbent resirkulyatsiyasi bilan; d – absorbtiv resirkulyatsiyasi bilan.
Ushbu sxemali absorberlarning bir uchida absorbtiv konsentratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik to’qnashuvda bo’lsa, ikkinchi uchida esa – konsentratsiyalari past fazalar o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Qarama-qarshi yo’nalishli sxemalarda parallel yo’nalishliga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo’ladi. Lekin, jarayonning o’rtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yo’nalishliga nisbatan kam bo’lgani uchun, qarama-qarshi yo’nalishli absorberning gabarit o’lchamlari katta bo’ladi.
|