|
Tasdiqlayman
|
bet | 49/98 | Sana | 18.06.2021 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #15109 |
Nasadkali absorberlar. Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal silindrsimon kolonalarning tuzilishi soda, ixcham va yuqori samarador bo’lgani uchun sanoatda ko’p ishlatiladi. Odatda, nasadkalar qatlami teshikli panjaralarga joylashtiriladi. Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan o’tib, qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi.
Suyuqlik faza absorberning yuqori qismidan taqsimlash moslamasi yordamida purkaladi va nasadka qatlamida gaz fazasi bilan o’zaro ta’sir etadi. Qurilma samarali ishlashi uchun suyuq faza bir tekisda purkalishi va taqsimlanishi zarur. Bu turdagi absorberlarda nasadkalar ham suyuqlikni bir me’yorda taqsimlashga salmoqli hisssa qo’shadi. Nasadkalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: katta solishtirma yuziga ega bo’lishi; gaz oqimiga ko’rsatadigan gidravlik qarshiligi kichik bo’lishi; ishchi suyuqlik bilan yaxshi ho’llanishi; absorber ko’ndalang kesim yuzasi bo’ylab suyuqlikni bir tekisda taqsimlashi; ikkala faza ta’siri ostida yemirilmaydigan bo’lishi; yengil va arzon bo’lishi kerak.
|
| |