Bir-birida erimaydigan yoki qisman eriydigan suyuqlik aralashmalari. Agar, A va B komponentlar bir-birida to’liq erisa, komponentlar molekulalarining o’zaro tortishish kuchlari 0 ga teng bo’ladi. Bunda, har bir komponent o’zini mustaqil tutadi va quyidagi bosimda qaynaydi:
Agar, aralashma komponentlari bir-birida erimasa, istalgan komponent parsial bosimi, uning o’sha temperaturada to’yingan bug’ bosimiga teng.
Aralashmaning qaynash tempera-turasi tar suyuq aralashmaning tarkibiga bog’liq emas (10.3-rasm abd chiziq).
Aralashmaning qaynash temperaturasi har doim toza komponentlar qaynash temperaturalaridan past bo’ladi.
Tabiatda bir-birida absolyut erimaydigan moddalar kimdan-kam uchraydi. Agar, qisman eriydigan suyuqlik aralashmalarida qaynash temperaturasi ac yoki dc chizig’i bo’ylab eritmaning asosiy komponentining qaynash temperaturasi-gacha o’zgaradi.
Bug’ning kondensatsiyalanish temperaturasi cb va eb chiziqlari bo’ylab o’zgaradi. Diagrammadagi b nuqtada y0 = Pa/P=const tarkibli bug’ kondensatsiyalanadi.
|