10 – AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Ekstraksiyalash jarayoni hisobi. Samarali diffuziya vaqtini aniqlash.
Maqsad: Ekstraktorlar, ularning turlari, tuzilishini o’rganish va ekstraksiyalash jarayoni hisobini o’rganish.
Nazariy qism.
Ekstraksiya jarayoni turli xil konstruksiyali qurilmalarda – ekstraktorlarda o’tkaziladi.
Jarayon tashkil etilishiga qarab ekstraktorlar davriy va uzluksiz ishlaydigan bo’ladi. Jarayonda qatnashayotgan fazalar to’qnashuviga qarab ekstraktorlar 3 guruhga bo’linadi: aralashtirib-tindiruvchi; differensial kontaktli va pog’onali yoki sektsiyali.
Ekstartorlarni tanlashda qattiq faza fizik-mexanik xossalari va ajrab chiqadigan ekstrakt konsentratsiyasi yoki tayyor mahsulot chiqishi hisobga olinadi.
Ma’lumki, davriy ishlaydigan qurilmalar ish unumdorligi kam bo’ladi. Shuning uchun, ular kichik hajmli korxonalarda qo’llaniladi. Lekin, sanoat miqyosida ko’pincha uzluksiz ishlaydigan qurilmalar ishlatiladi. Ekstraktor va eritkich bir-biridan katta farqlanmaydi. Agar, qurilma qattiq, g’ovaksimon jismni ekstraksiyalash uchun qo’llanilsa ekstraktor deb nomlanadi. Agar qurilma qattiq, g’ovaksimon materialni eritish uchun ishlatilsa, unda u eritkich deb ataladi.
Ekstraktor va eritkichlarga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
– qurilma hajmi birligiga to’g’ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumdorligi katta bo’lishi zarur;
– hosil bo’layotgan eritma konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo’lishi kerak;
– enеrgiya sarfi kam bo'lishi zarur.
|