– rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasi




Download 3,89 Mb.
bet61/98
Sana18.06.2021
Hajmi3,89 Mb.
#15109
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98
10. 5 – rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasi.

1 – kub; 2 – deflegmator; 3 – kondensator; 4,5,6 – yig’gichlar.

Suv bug’i bilan haydash.


Eritmalar qaynash temperaturasini pasaytirish uchun jarayonni vakuum ostida tashkil etish usuli oldindan ma’lum edi. Lekin, eritmalarni suv bug’i bilan haydash usulida ham qaynash temperaturasini pasaytirish mumkin. Ayniqsa, bu usul qaynash temperaturasi 100°C dan ortiq bo’lgan va komponentlari suvda erimaydigan eritmalar uchun juda qo’l keladi. Shuning uchun, eritma komponentlari suvda erimasa, unda haydash kubiga qo’shimcha komponent sifatida suv bug’i yuboriladi.

10.6-rasmda suv bug’i bilan oddiy haydash davrida qaynash temperaturasini aniqlash diagrammasi keltirilgan. Bu diagrammada qaynash temperaturasiga suv bug’ining elastiklik egri chizig’i bilan turli suyuqliklar elastiklik egri chiziqlari kesishgan nuqtasi to’g’ri keladi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, atmosfera bosimida benzolni suv bilan haydash paytida jarayon temperaturasi 69,5°C, bosim p = 0,0395 MPa da 46°C atrofida, bosim p = 0,1 MPa da toluol uchun esa - 85°C.




10.7-rasmda aralashmalarni suv bug’i bilan haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan.

Boshlang’ich eritma kubga yuklanadi va uning g’ilofiga suv bug’i bilan yuboriladi. So’ng, kub ichidagi eritmaga barbotyor orqali kuchli suv bug’i haydalanadi. Eritmaning qaynash paytida hosil bo’lgan bug’lar kondensatorga uzatiladi va undan keyin separatorda kondensat ajratiladi. Separatordan suv chiqariladi. Suvda erimaydigan yengil uchuvchan komponent esa maxsus idishga yig’iladi. Odatda bu usul muvozanat bo’lmagan sharoitlarda amalga oshiriladi.



Download 3,89 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98




Download 3,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasi

Download 3,89 Mb.