• M.S. Vrevskiy
  • Konovalovning ikkinchi qonuniga




    Download 3,89 Mb.
    bet56/98
    Sana18.06.2021
    Hajmi3,89 Mb.
    #15109
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98
    Konovalovning ikkinchi qonuniga binoan, suyuq eritma ustidagi muvozanat holatidagi bug’ning tarkibi suyuq eritma tarkibiga tengdir, ya’ni (10.2-rasmdagi M nuqta).Bunday aralashmalar azeotrop eritmalar deb nomlanadi. Azeotrop eritmalar maksimal va minimal qaynash temperaturali bo’lishi mumkin.

    Azeotrop eritmalar tarkibi bosim (temperatura) ga bog’liq bo’ladi.

    Biror sistemada bosim o’zgarishi bilan uning muvozanat holati o’zgaradi. Bu esa, o’z navbatida bug’ fazasi tarkibining o’zgarishiga olib keladi

    Ushbu o’zgarishlar mexanizmini bilish uchun M.S. Vrevskiy tomonidan quyidagi qonunlar yaratilgan:

    a) ikki komponentli eritmaning qaynash temperaturasi (yoki bosimi) ortganda, bug’lar tarkibida bug’lanishi uchun katta energiya talab etuvchi komponentning nisbiy miqdori oshadi;

    b) bug’ uchuvchanligi maksimumga ega bo’lgan eritmalarning temperaturasi (yoki bosimi) oshirilganda, azeotrop eritmalarda bug’lanishi uchun katta energiya talab etuvchi komponentning nisbiy qiymati ortadi. Bug’ning uchuvchanligi minimum bo’lganda, eritmaning qaynash temperaturasi oshirilganda azeotrop eritmada bug’lanishi uchun kam energiya talab qiluvchi komponentning nisbiy miqdori ko’payadi.



    Vrevskiy qonuniga binoan, azeotrop eritmalarni ajratish uchun bosimni o’zgartirib haydash yoki rektifikatsiya qilish jarayonlaridan foydalanish mumkin.


    Download 3,89 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98




    Download 3,89 Mb.