Turli parametrli havoni aralashtirish
Holati A nuqta bilan belgilanadigan havoni holati B nuqta to’g’ri kelgan havo bilan aralashtirish prossessini ko’rib chiqamiz (6.4-rasm).
6.4-rasm. Turli parametrlarga ega bo’lgan havoning aralashishini diagrammada tasvirlash
A nuqtaga to’g’ri kelgan nam havoning tarkibida 1 kg absolyut quruq havo bor deb olamiz. Holati B nuqta bilan belgilanadigan nam havoning tarkibida esa n kg absolyut quruq havo bor deb hisoblanadi. Bunda aralashmaning entalpiyasi:
Aralashmaning nam saqlashi:
bu yerdan
Bu tenglama 6.4-rasmdagi A va B nuqtalardan o’tgan to’g’ri chiziq tenglamasini ifodalaydi. Aralashmaning holati M nuqta bilan ifodalanadi, bu nuqta AB to’g’ri chiziqni ikki qismga quyidagi nisbatda bo’ladi:
MA va MB kesmalarning qiymati A va B holatlarga to’g’ri kelgan nam havolar tarkibidagi quruq havolar massalariga teskari proporsionaldir.
6.4 – rasmda ko’rsatilgan aralashmaning holati (ya’ni M nuqta) φ = 100% chiziqning tepasida joylashgan. Bunday sharoitda havo tarkibidagi suv bug’lari kondensatsiyalanmaydi. Ayrim sharoitlarda M nuqta to’yinish chizig’ining pastki qismida joylanishi mumkin, bunda turli parametrli havolarning aralashishi natijasida suv bug’lari kondensatsiyalanadi va shudring ajralishi ro’y beradi.
Adiabatik quritish jarayonida modda tarkibidagi namlik faqat havo bilan berilgan issiqlik tufayli bug’latiladi.
Agar quritilayotgan moddaning temperaturasi (uning tarkibidagi namlik ham) o’zgarmasa va 0°C ga teng bo’lsa unda havoning entalpiyalari quritilgandan keyingi I2 va quritishdan oldinga I1 teng bo’ladi, chunki namlikni bug’latish uchun havo bilan berilgan issiqlik moddadan chaqib ketgan bug’lar bilan havoga yana qaytariladi. Bunday jarayon nazariy quritish jarayoni deyiladi (I2 = I1 = I = const).
Nam havo va bug’lanayotgan namlik o’rtasida muvozanat o’rnatilgandan so’ng nam havoning temperaturasi doimiy qiymatni egallaydi va bunday holat ho’l termometrning temperaturasi tx deyiladi.
Havo temperaturasi tx va ho’l termometrning temperaturalari tx orasidagi farq quritish potensiali ε deyiladi va bu ko’rsatkich havoning moddadan namlikni yutib olish qobiliyatini bildiradi:
Quritish potensiali jarayonining tezligini xarakterlaydi.
|