Real quritgichning moddiy va issiqlik balanslari. Real quritkichlardagi protsess nazariy quritishdagi protsessdan shu bilan farq qiladiki, bunda I2 ≠ I1 bo’ladi. Bunga sabab shuki, real quritkichlarda issiqlikning bir qismi atrof-muhitga yo’qoladi. Ayrim paytlarda quritish kamerasiga qo’shimcha issiqlik kiritiladi (7.3-rasm).
Uzluksiz ishlaydigan quritkichning moddiy balansini tuzish uchun quyidagi belgilarni qabul qilamiz: G1 – nam materialning massasi, kg/soat; W1 – uning namligi, %; G2 – quruq materialning massasi, kg/soat; W2 – uning namligi, %; W – bug’langan namlik miqdori, kg/soat; L – havoning sarfi (quruq havo hisobida), kg/soat.
Moddaning kirishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx0; 3) nam material G1.
Moddaning chiqishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx2; 3) qurigan material G2.
Moddiy balans tenglamasini tuzamiz:
Bundan
yoki .
Bu yerda (3)
Quritish protsessi uchun quruq moddalar bo’yicha ushbu balans tenglamasini tuzish mumkin:
Bu so’nggi ifodadan quritish oxiridagi materialning massasini aniqlaymiz:
Bug’langan namlikning (yoki materialdan chiqarilgan suvning) miqdorini quyidagi tenglama orqali ham topish mumkin:
yoki
Moddiy balans asosida real quritkichning issiqlik balansini tuzamiz.
Issiqlikning kirishi (kJ/soat); 1) havo bilan LI1 = LI0 + Qn (bu yerda: LI0 – isitkichga kirgan havoning issiqligi, Qn – isitkichda havoning bergan issiqligi): 2) material bilan G1c1θ1 (bu yerda: c1 – nam materialning issiqlik sig’imi, θ1 – materialning dastlabki temperaturasi); 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’tr (bu yerda: Gtr – transport qurilmalarining massasi, ctr – transport qurilmalari materialining issiqlik sig’imi, θ’tr – transport qurilmalarining dastlabki tempetaturasi); 4) quritish kamerasiga kiritilgan qo’shimcha issiqlik qk.
Issiqlikning sarflanishi (kJ/soat): 1) quritkich chiqayotgan havo bilan LI2; 2) quritilgan material bilan G2c2θ2; 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’’tr; 4) issiqlikning atrof-muhitga yo’qolishi Qy.
Issiqlik balansini tuzamiz:
(4)
bundan
(5)
yoki L(I2 – I1)=∑Q.
Oxirgi tenglamaning o’ng va chap tomonlarini W ga bo’lib, quyidagi ifodani olamiz:
deb belgilaymiz, bo’lgani uchun
(6)
yoki
(7)
Tenglamaga kiritilgan Δ kattalik quritish kamerasi ichidagi kiritilgan va sarflangan issiqliklar ayirmasining 1 kg bug’langan namlikka nisbatini belgilaydi. Bu yerda asosiy kaloriferda isitilgan havo bilan kirgan va chiqqan issiqliklar hisobga olinmaydi. Ko’pincha ∆ quritish kamerasining ichki balansi deb ataladi.
(6) tenglamadan ko’rinib turibdiki, Δ ning ishorasiga ko’ra I2 ning qiymati I1 ning qiymatidan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Agar Δ = 0 bo’lsa, u holda I2 = I1.
|