Tasdiqlayman




Download 3,89 Mb.
bet82/98
Sana18.06.2021
Hajmi3,89 Mb.
#15109
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
3 – AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Quritishning turli xil variantida havo va issiqlikning sarf bo’lishi.
Maqsad: Quritishnng turli xil variantlari bilan tanishish va har bir variantda havo va issiqlikning sarf bo’lishini hisoblash.

Nazariy qism.

Qattiq va pastasimon materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug’) fazasiga o’tadi.

Nam materialni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, apparat va trubalarning korroziyaga uchrashi kamayadi.

Materialni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.

Mexanik usulda suvsizlantirish tarkibida ko’p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda, mexanik yo’l bilan namlikni ajratish – materiallarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so’ng materilda yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yo’li bilan ajratib chiqariladi.

Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi moddalar (masalan, H2SO2, CaCl2) dan foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yo’li bilan uni suvsizlantirish mumkin.

Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo sanoatida keng ishlatiladi. Quritish ko’pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi.

Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yo’l bilan olib boriladi. Materialni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq davom etadi.

Kimyo va farmatsevtika sanoatlarida materiallarni suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon quritkich qurilmalarida olib boriladi.

Issiqlik tashuvchi reagentning quritilayotgan material bilan o’zaro ta’sirlashuv usuliga ko’ra quritish quyidagi turlarga bo’linadi:

1) konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi reagent to’g’ridan-to’g’ri o’zaro aralashadi;

2) kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi reagent va nam material o’rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo’ladi;

3) radiatsiyali quritish – issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;

4) dielektrik quritish – material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;

5) sublimatsion quritishmaterial muzlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiriladi.

Radiatsiyali, dielektrik, sublimatsion quritish – maxsus quritish usullariga kiradi.

Qattiq material va nam havo o’zaro ta’sir ettirilganda asosan ikki xil jarayon sodir bo’ladi: 1) quritish (materialdan namlikning desorbsiyalanishi, agar Pm>Ph); 2) namlanish (namlikning material tomonidan sorbsiyalanishi, agar Pm
h; bu yerda Pm – bug’ning material yuzasidagi parsial bosimi; Ph – bug’ning havo yoki gazdagi parsial bosimi).

Quritish paytida Pm ning qiymati kamayadi va Pm=Ph chegarasiga yaqinlashib boradi. Bunday holat dinamik muvozanat holati deb ataladi, materialning bu muvozanat holatiga to’g’ri kelgan namligi muvozanat namligi deyiladi.



Materialning muvozanat namligi Wm suv bug’ining material ustidagi parsial bosimiga yoki unga proporsional bo’lgan havoning nisbiy namligiga bog’liq va u tajriba yo’li bilan topiladi. funksiya o’zgarmas temperatura sharoitida aniqlanadi, shu sababli u izotermani tashkil qiladi.


Download 3,89 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Download 3,89 Mb.