• Eritmadagi erituvchining bir qismini bug’latib kristallash.
  • Tasdiqlayman




    Download 3.89 Mb.
    bet90/98
    Sana18.06.2021
    Hajmi3.89 Mb.
    #15109
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98
    Kristallanish usullari
    Kristallanish jarayonini davriy va uzluksiz tashkil etish mumkin. Davriy kristallanish jarayoni kam tonnajli, uzluksiz esa – ko’p tonnajli ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

    Sanoat miqyosida quyidagi kristallanish usullaridan foydalaniladi: eritmalardagi erituvchining bir qismini bug’latish; eritma temperaturasini o’zgartirib kristallash; kombinatsiyalangan usullardan foydalanib kristallash.



    Eritmadagi erituvchining bir qismini bug’latib kristallash. Erituvchining bir qismini yo’qotish uchun bug’lanish yoki muzlatish usulidan foydalanish mumkin. Eritma tarkibidagi suvni haydash uchun bug’lanish keng ko’lamda ishlatiladi. Odatda bu jarayon bug’latish qurilmalarida amalga oshiriladi. Kerakli darajadagi o’ta to’yingan eritma hosil bo’lgandan keyin, u shu qurilmada kristallanadi. Ushbu usul izotermik kristallanish deb ataladi.

    Bu usulning kamchiliklari: hosil bo’layotgan kristallar issiqlik almashinish yuzalariga yopishib qoladi; boshlang’ich eritmalar tarkibidagi aralashmalar ham quyuqlashadi.

    Qurilma ichida qattiq moddalar yopishib yoki cho’kib qolmasligi uchun eritmaning sirkulyatsiya tezligi ko’paytiriladi.

    Kristallarni ajratish va yuvish filtr yoki sentrifugalarda o’tkaziladi.

    Eritma temperaturasini o’zgartirib kristallash. Bunday usul izogidrik kristallash deb nomlanadi, chunki bu jarayon eritmada erituvchi miqdori o’zgarmas bo’lgan holatda olib boriladi.

    Kimyo sanoatida musbat eruvchanlikka ega tuzlarni kristallash juda keng tarqalgan. Bunday eritmalarning o’ta to’yinishiga uni sovitish yo’li bilan erishiladi. Jarayon davriy yoki uzluksiz, pog’onali joylashgan bir yoki ko’p korpusli qurilmalarda olib boriladi. Sovituvchi eltkich sifatida suv ishlatiladi. Havo yordamida sovitilganda jarayon nisbatan sekin boradi, lekin yirik va bir jinsli kristallar hosil bo’ladi. Manfiy eruvchanlikka ega eritmalarni kristallash uchun eritmani qizdirish zarur.





    Download 3.89 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98




    Download 3.89 Mb.